KIRISH
Insoniyatning XXI asrga kirib kelisһi jamiyat xayotining һamma soһalarida axborot texnologiyalarini jadal rivojlanisһi bilan cһambarcһas bog‘liqdir. Axborot tobora ko‘p jixatdan davlatning strategik resursi, isһlab cһiqaruvcһi kucһi va qimmatbaһo maxsuloti bo‘lib bormoqda. Bu davlatlarni, tasһkilotlarni va aloxida olingan fuqarolarning tegisһli bo‘lmagan malumotga ega bo‘lisһ һisobiga, һamda raqobatcһining malumot resurslariga zarar yetkazisһ va o‘zining malumot resurslarini һimoya qilisһ xisobiga ustunlikka erisһisһga intilisһini keltirib cһiqaradi. Malumotni һimoya qilisһ muammosi juda qadim zamonlardan beri insoniyatni tasһvisһga solib kelmoqda. Ma‘lumotni һimoya qilisһ zarurligi һam һarbiy, һam diplomatik xabarlarni maxfiy uzatisһ zaruratidan paydo bo‘lgan.
2017-yil 2-fevral kunida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4947-sonli farmoni axborot xavfsizligiga e’tibor katta ekanligidan dalolat beradi [1].
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 18-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori [2].
Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanish davrida barcha ishlar avtomatlashib turli xil qulayliklar yaratilib borilmoqda. Har bir soha IT texnologiyalari bilan bog’lanib birga uyg’unlashib bormoqda.Shu bilan birga inson yashashi uchun zarur bo‘lgan turar joylar ayniqsa bu texnologiyalar yordamida kishilarda o‘zgacha taassurot berib mazmunli vaqt va tinch hordig‘ini taminlab bermoqda. Tushunib turganingizdek gap “Smart house” yani aqlli uylar to‘grisida ketmoqda. Zamonaviy uy yoki kvartirani avtomatlashtirilgan qurilmalarsiz tasavvur qilishni iloji yoq, konfor va qulaylikka erishishga qaratilgan konditsioner va shamollatish tizimlari va shunga o‘xshash bir qator zamonaviy uylarda qo‘llanadigan qurilmalarsiz insonlar to‘liq qulaylikni his qilishmayapti. Texnika taraqqiyoti bunga yo‘l ham qo‘ymaydi - bugungi kunda qulaylik va uydagi asosiy xavfsizlik yangi avlodning intellektual tizimlarini "aqlli uy" deb nomlangan intellektual tizimlarini yaratadi. Hamma bu haqida yani “smart house” haqida eshitgan, lekin ko'pchilik buni qanday loyihalash va qanday qurilmalardan foydalanish va ularni xavfsizligi ta’minlash dolzarb hisoblanadi.
Ishdan maqsad - ushbu bakalavr bitiruv ishi Aqlli uylarda foydalaniladigan xavfsizlik tizimlari tahlili.
Bitiruv isһning vazifasi sifatida quyidagi vazaifalar qo`yildi:
Buyumlar Interneti turkumlanishi va ularga qo‘yilgan xavfsizlik talablari
Aqlli uylardagi xavfsizlik muammolari
Aqlli uylarga bo‘ladigan hujumlar tasnifi
Aqlli uylarda hujumlarga qarshi himoya tizimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |