Insoniyat taraqqiyotining tayanchi



Download 31,45 Kb.
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi31,45 Kb.
#839841
  1   2
Bog'liq
INSONIYAT TARAQQIYOTINING TAYANCHI


INSONIYAT TARAQQIYOTINING TAYANCHI
Hozirgi kunda inson taraqqiyoti tushunchasi OAVda, shuningdek siyosiy va iqtisodiy sohalarda tez – tez qo’llanilmoqda. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi ilk marotaba 1990 – yilda BMTTDning inson taraqqiyotiga bag’ishlangan Ma’ruzasida keng tahlil qilindi. Unga ko’ra, taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Odamlarning sifatli ta’lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o’rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo’lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakat boyligi tabiiy resurslar bilan emas, balki shu millat odamlari bilan belgilanmoqda. Ya’ni qaysi mamlakat o’z fuqarolariga keng qamrovli tanlov umkoniyatini yaratib bergan bo’lsa, o’sha davlatda insonlarning har jihatdan rivojlanishi hisobiga farovonlik va to’kin-sochinlik hukm suradi. Lekin insonlarga vosita sifatida emas, balki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga erishishning tub maqsadi sifatida qarash o’rinlidir. Shuning uchun ham inson taraqqiyoti konsepsiyasi „mamlakatning haqiqiy boyligi – bu uning odamlaridir”, degan asosiy g’oyani targ’ib qiladi.
1990 – yil boshlaridan beri inson taraqqiyoti ko’rsatkichi (indeksi) belgilab olindi. Unga asosan mamlakat rivojlanishining o’rtacha darajasi inson taraqqiyotining asosan quyidagi uch asosiy o’lchoviga ko’ra aniqanadigan bo’ldi:

  • Kutiladigan yashash davomiyligi ko’rsatkichi o’zida mamlakat sog’liqni saqlash tizimi va ijtimoiy ta’minotning holatini ma’lum darajada aks ettiradi.

  • Ta’lim darajasi ko’rsatkichi aholi katta yoshli qismi(15 yosh va undan katta)ning savodlilik darajasini va aholini boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limga jalb qilish holatini o’zida ifoda etib, mamlakat ta’lim tizimining qay tarzda ekanligini ko’rsatib beradi.

  • Aholi jon boshiga nisbatan YaIM (yalpi milliy mahsulot) ko’rsatkichi mamlakat fuqarolarining daromadi qay darajada ekanligini ko’rsatadi.

Ushbu tarkibiy qismning har biri insonning muhim va asosiy imkoniyatlarini o’zida qamrab oladi. Inson taraqqiyotining bu uchala komponenti uchun muntazam ravishda hisoblanadigan va deyarli dunyodagi barcha mamlakatlar taqqoslanadigan ko’rsatkich tizimi taqdim qilingan. BMT statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2004 yil O’zbekistonda inson taraqqiyoti ko’rsatkichlari quyidagi natijalarni bergan:

  • Ta’lim ko’rsatkichi 40,45%ni tashkil etib, mamlakat ta’lim sohasi butundunyo o’rtacha ko’rsatkichidan yuqori yoki 177 davlat orasida 80 o’rindan joy olgan.

  • Kutiladigan o’rtacha umr davomiyligi 34,92%dan iborat bo’lib, dunyo mamlakatlari bo’yicha 112 – o’rinda turgan.

  • Biroq aholi jon boshiga nisbatan YaIM ko’rsatkichi 177 mamlakat orasidan faqatgina 141- o’rinni egallagan.

Lekin so’nggi ma’lumotlarga asosan, mamlakatda YaIM o’sish darajasi 2007 – yilda 9,5%ni tashkil etgan. Bunday o’sishga fuqarolarning, ayniqsa, qishloq joylaridagi aholining yashash darajasi tobora yaxshilanayotganligi sabab bo’lmoqda.
Shunday qilib, hozirda O’zbekiston inson taraqqiyoti o’rtacha bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olgan. Keyingi yillarda hukumatimiz va BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida inson taraqqiyoti konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O’zbekistonda o’tgan yillar davomida inson taraqqiyotiga qaratilgan jami 9ta milliy ma’ruza e’lon qilindi:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish