Yangi mavzu bayoni.
Mavzu :Insoniy fazilatlar.
Grammatik mavzu: Sifatlarning yasalishi. (30-bet)
(O’quvchilardan qanday insoniy fazilatlarni bilishlari haqida so’raladi, quyidagi matnni ikkita o’quvchiga bo’lib o’qittiriladi)
Insoniy fazilatlar
To‘g‘ri so‘zlik, xushmuomalalik, mehnatsevarlik, kamtarlik, rahmdillik, bilimdonlik, halollik, saxiylik kabi xislatlar yuksak insoniy fazilatlar hisoblanadi. Bunday fazilatlarga ega insonlar jamiyatda hurmat qozonadi, boshqalar oldida e’tiborga ega bo‘ladi. Komil inson bo‘lish uchun kishi o‘zida yoshlikdan ushbu fazilatlarni tarbiyalab borishi kerak. Maqtanchoqlik, yolg‘onchilik, hasadgo‘ylik, o‘zgalarni mensimaslik insonni obro‘sizlantiradi.
Shuning uchun hamisha to‘g‘ri so‘z, g‘amxo‘r va kamtar bo‘ling. „Kamtarga kamol, manmanga zavol“, deydi dono xalqimiz.
„Kamtarga kamol, manmanga zavol“, ushbu maqolni ta’riflab berish so’raladi, qisqa bahs-munozara olib boriladi, lug’at bilan ishlanadi.
O’quvchilarga ijobiy fazilatlarni baliqning bir tomoniga salbiy ,bir tomoniga ijobiy fazilatlarni yozib chiqish topshiriladi.
Bilib oling!
Sifatlar tub va yasama bo‘ladi. Yasama sifatlar ot va
fe’l asoslariga so‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish
orqali yasaladi.
Tub sifatlar Yasama sifatlar
Katta aqlli
Yashil chiroyli
Shirin serhosil
Toza baquvvat
Otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar
-li -siz -chan -choq -qoq -dor
odobli, tuzsiz, ishchan, tortinchoq, urishqoq, hosildor
Yuqoridagi so’zlar ishtirokida bir nechta gaplar tuziladi.
Masalan: Odobli bola elga manzur. Bu bola juda ham tortinchoq ekan. Yurtimizda hosildor yerlar juda ko’p. Tuzsiz ovqat bemaza bo’ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
2- mashq. Berilgan so‘zlardan tub va yasama sifatlarni ajratib yozing.
Ko‘rkam, sezgir, ozg‘in, yangi, to‘g‘ri, katta, shirin, chiroyli,
ziyrak, past, toza, rostgo‘y, ulkan, jasur, tiniq, keng,
qotma, baxil, baxtli, chaqqon, qizg‘anchiq, saxiy, erinchoq,
mug‘ambir, intizomli, samimiy.
Yuqoridagi mashq yozma ravishda bajariladi. Tub va yasama sifatlarni T-jadvalining ikki tomoniga joylashtirish topshiriladi.
3- mashq. Berilgan otlarga mos qo‘shimchalarni qo‘shib, sifatlar
yasang.
Ish, harakat, baxt, hosil, tartib, mazmun, daraxt, gul, chiroy,
aql.
3-mashqda esa otlarga mos qo’shimchalar qo’shib yozish va istalgan so’zlar ishtirokida og’zaki gaplar tuzish topshiriladi.3-4 o’quvchi doskada yozib ko’rsatadi va qo’shimchalarni ko’rsatib o’tadi.
4- mashq. Berilgan so‘zlarga darajalarni bildiruvchi so‘zlarni qo‘shib, namunadagidek darajalab yozing.
N a m u n a: Qurilishlar — ulkan qurilishlar, g‘oyat ulkan
qurilishlar.
Bayram, taassurotlar, ko‘prik, liboslar, shahar, mahalla,
inson, bola, ustoz, o‘quvchi, maslahat, daraxt.
4-mashqni og’zaki o’quvchilar bilan birgalikda bajariladi.
Ko’prik so’ziga gap tuziladi.
Ulkan ko’prik.
6.
G’oyat ulkankKo’prik.
Shahar so’ziga gap tuziladi.
Ulkan shahar.
G’oyat ulkan shahar.
Daraxtso’ziga g
Ulkan
daraxt.
G’oyat ulkan daraxt.
Mavzuni mustahkamlash uchun diskda tayyorlangan taqdimot proyektorda qo’yib beriladi.(Taqdimot diskda ilova qilindi. “Oylab top “ metodi)
Darsni yakunlash:
O’quvchilarga darsning xulosasini aytib ularni baholanadi va uyga vazifa beriladi.
Dars xulosasi:Insoniy fazilatlar- go’zal xulqdan dalolatdir.
Uyga vazifa:
31-betdagi 5-mashqni og’zaki bajarish uchun topshiriladi.(O’quvchilar bunda matnni o’qib sifatlarni aniqlaydilar va lug’at so’zlarni yod oladilar.
32-betdagi 6-mashqni esa yozma ravishda bajaradilar.
(O’quvchilar yaxshi va yomon xulqlarni T-jadvaliga joylashtiradilar).
Iqtidorli bolalar uchun mozaika tuzish beriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat, keyingi darsda ko’rishguncha xayr , salomat bo’ling.
O`qituvchi: Rahmatullayeva M.M.___________________
O`IBDO`: ________________________
,,TASDIQLAYMAN”
180-maktab direktori
Arkadiyev M.I____________
Toshkent shahar Shayxontohur tumani
180-maktabning O’zbek tili fani o’qituvchisi
Rahmatullayeva Malika Mirsabitovnaning
“Insoniy fazilatlar” mavzusidagi
Bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
Toshkent – 2020 y
Do'stlaringiz bilan baham: |