Uzun dumli burgut-(Haliaectus leucoryphys pall) O`zbekistonda Amudaryoning pastki oqimlarida yashovchi qush. Qarilarining rangi qoramtir qo`ng`ir, yoshlari dog`siz, bir tekis qo`ng`ir rangda bo`ladi. U ehtiyotsizroq. Bu burgut boshqa burgutlar kabi “kvox-kvox-kvox” degan baland tovush chiqaradi. Baliqlar, kemiruvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. U o`laksalarni ham yeydi. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Vahmaqush-(Remiz pendulinus) tanasining uzunligi 100-115, qanotining uzunligi 50-60 mm,og`irligi 8-12 g bo`ladigan kichkina qushcha. Patlari kashtan, sarg`ish ko`kimtir va kulrang tusda bo`ladi. Bu qush uyasinini o`zining gavdasiga nisbatan juda katta bo`lgan qo`lqop shaklida quradi. Vahmaqush amudaryoning quyi oqimlariga aprel oyida uchib keladi va sentabr-oktabr oylarida uchib ketadi. Asosan Eronda qishlaydi. U yoz oylarida tol, terak, qayin, yovvoyi olma va boshqa daraxtlarga uya quradi. May oyining oxiri, iyun oyining boshida 6-9 ta oq tuxum qo`yadi. Tuxumdan chiqqan bolalari patsiz,ko`zi yumuq, nimjon bo`ladi,16-18 kungacha uyasida bo`ladi. Vahmaqush turli-tuman hasharotlar bilan oziqlanadi.kuz va qishda ayrim o`simliklarning urug`larine ham yeydi. U daraxtlarda uchraydigan zararkunandalarni qirib, bog` va o`rmonlarni qo`riqlaydi.
Vaqt- olamning fizik xarakteristikasi boʻlib, olam holatining ketma-ket oʻzgarishida aks etadi. Vaqt — 1) materiyaning asosiy yashash shakllaridan biri 2) tabiatdagi biror davriy hodisaga, masalan, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan oʻlchov birligi. Vaqtni oʻlchash. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadigan vaqt birligi sutka (bir kecha-kunduz) deb ataladi. Vaqt ning kattaroq birliklari oy (Oyning Yer atrofida aylanish davri), yil (Yerning Quyosh atrofida aylanish davri)dir. Yerning o`z oʻqi atrofida aylanish davri yulduzlarga yoki bahorgi teng kunlik nuqtasiga nisbatan olinsa, yulduz sutkasi, Quyoshga nisbatan hisoblansa, haqiqiy Quyosh sutkasi, Oʻrtacha Quyoshga nisbatan esa oʻrtacha Quyosh sutkasi deyiladi. Vaqtning eng kichik birligi qilib sutkaning 1/86400 qismiga teng vaqt — sekund qabul qilingan. Kundalik hayotimizda asosan oʻrtacha Quyosh vaqtidan foydalanamiz. Oʻrtacha Quyosh — ekvator boʻylab tropik yil ichida bir marta tekis aylanib chiqadigan xayoliy nuktadir. Fuqaro vaqti shu paytdan (soat 24oy dan) hisoblanadi va taqvim (kalendar) kun oʻzgaradi. Astronomiyada 1925-yilgacha kun hisobi tush paytida oʻzgarar, yaʼni yangi kun kunduzi soat 12 dan boshlanar edi. 1925-yildan boshlab astronomiyada ham fuqaro vaqtidan foydalanilmoqda.
Vatan- kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati. Tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatan ona kabi yagona, muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuygʻusi, masʼuliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish vatanparvarlikda namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |