Jildirbos ko`li-Orol dengizining janubiy qirg`og`idagi botqoqlashgan ko`l. ushbu ko`l Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida joylashgan. 1960-yillar boshigacha Orol dengizining qo`ltig`I bo`lgan. Dengiz qurib borishi tufayli quruqlikka aylangan. Lekin Amudaryoning o`ng irmog`I va 2 ta tashlama orqali zovur suvining kelib tushushi natijasida qurigan qo`ltiq o`rnida ko`l vujudga kelgan (2000). Ko`lning sathi o`zgaruvchan. Ortacha chuqurligi 1-3 m, uzunligi 45 km. Ko`l baliqlari ovlanadi.
Jilg`a-yilgʻa — uncha baland boʻlmagan togʻ yon bagʻirlarida qor-yomgʻir suvlari hamda buloqlardan vujudga kelgan oqar suvlar, kichik soy, daryocha. Oʻrta Osiyoda koʻpgina jilg`alar yozda qurib qoladi. Tarixiy manbalarda (chunonchi "Boburnoma"da) vodiy, soylik julga deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |