Jismoniy mehnat-
Jiyda-(Elaeagnus ) jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Jiydaning Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda jiydaning qargʻajiyda (yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi, tikanakli jiyda, kumushsimon jiyda, non jiyda kabi turlari oʻsadi. Sharq jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang . Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz bo`ladi. Guli sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti unsimon, xushxoʻr. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi. Jiyda qurgʻoqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va shoʻr tuproqlarda ham oʻsaveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan koʻpayadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi esa sentabr—oktabrda pishadi. Bir tup jiyda 50 kg gacha hosil beradi. Jiyda 60—80 yilgacha yashaydi. Non jiyda mevali daraxt sifatida ekiladi, oʻrta boʻyli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi oʻsadi va u serhosil. Mevasi yirik, mazali, qizgʻish-qoʻngʻir rangli. Hozirgi davrga kelib sanoat ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbekiston, Tojikiston va koʻpgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bogʻlarida havaskorlar ekadi. Koʻproq yoʻl yoqalari, kanal boʻylari, dala-ihota oʻrmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.
Jizzax shahri- Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Shahar Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent–Samarqand temir yo'l va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Maydon 0,7 ming kv.km. Aholisi 132,5 ming kishi (1939 yil–9 ming, 1959 yil–15 ming, 1970 yil–35 ming kishi), asosan oʻzbeklar, rus, tatar, ukrain, eroniy va boshqalar ham yashaydi. Jizzax Oʻrta Osiyodan oʻtgan bir necha qadimiy karvon yoʻlining tutashgan joyida vujudga kelgan. Jizzaxda 1920-yillardan boshlab yangi korxonalar qurilgan. 1930-yil mahalliy xom ashyo bilan ishlaydigan ohak zavodi, 1932-yil shahar elektr stansiyasi, 1942-yilda paxta zavodi, 1943-yilda qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlaydigan zavod, 1949-yilda yogʻ-pishloq zavodi, 1960-yilda Oʻzbekistonda eng yirik binokorlik materiallari kombinati ishga tushdi. Mirzachoʻl va Qarshi choʻllarini sugʻorish uchun polietilen quvurlar va polixlorvinil mahsulotlari ishlab chiqariladigan kimyo kombinati (1969), elevator, un zavodi va aralash yem ishlab chiqariladigan sexdan iborat un kombinati qurildi (1970). 1971-yilda gʻisht zavodi va Toshkent trikotaj firmasi filialining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, non zavodi, tikuvchilik fabrikasi mahsulot bera boshladi. Jizzaxda 30 dan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. Ular orasida badiiy kulolchilik buyumlari korxonasi, "Soʻgʻdiyona" firmasining tibbiyot markazi, sut-yogʻ, elektromexanika zavodi, qurilish materiallari kombinati, temir-beton plitalar ishlab chiqarish korxonasi, ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj, mebel fabrikalari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |