Bosh kiyim-
Bosh miya- odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasining oliy qismi bo`lib, kalla suyagi boʻshligʻida joylashgan. U umurtqa pogʻonasi kanalidagi orqa miya bilan markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. Bosh miya uzunroq miya, miya koʻprigi, oʻrta miya, miyacha, miya oyoqchalari va katta yarim sharlardan iborat.Uzunchoq miya orqamiya bilan miya koʻprigi oraligʻida joylashgan. Miyacha Bosh miyaning ensa qismi ostida joylashgan. Odam Bosh miyasining ogʻirligi oʻrtacha 1360—1500 g , baʼzan bu koʻrsatkich kam yoki ortiq boʻlishi mumkin. Odamlarning aqli Bosh miyaning ogʻir yoki yengil boʻlishiga aloqador emas. Bosh miya qattiq miya pardasi, oʻrgimchak toʻrisimon va yumshoq (tomirli) parda bilan qoplangan. Bosh miyadagi nerv tolalari odamning barcha harakatini boshqaradi. Turli sabablar bilan bosh miyaning jarohat olishi inson hayoti uchun kata xavf tug`diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |