Yangiyo`l shahri-(1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda joylashgan. Hozirda shaharda 60 ming ziyod kishi yashamoqda. Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. "Russi—SA" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Mebel, poyabzal fabrikalari, un, yogʻmoy kombinati, biokimyo, temirbeton konstruksiyalari, paxta tozalash, gʻisht, eksperimental kolbasa, vinokonyak, konserva, kanop zavodlari, qandolatpazlikxamirturush birlashmasi, avtokorxonalar, qurilishtaʼmirlash tashkilotlari va boshqalar mavjud. 12 umumiy taʼlim, bolalar va oʻsmirlar musiqa, sport maktablari, akademik litsey, 3 kasb-hunar (texnologikiqtisodiyot, tibbiyot, maishiy xizmat) kolleji bor. 11 kutubxona, madaniyat uyi, 12 klub, madaniyat va istirohat bogʻi, Usmon Yusupov uymuzeyi, Alisher Navoiy xiyoboni, "Motamsaro ona" yodgorligi mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, bir necha poliklinika, dorixonalar, ayollar konsultatsiyasq aholiga xizmat koʻrsatadi.
Yantoq-(Alhagi sparsifolia) dukkakdoshlar oilasiga mansub bo`lib, uncha baland bo`lmagan sershox yarim butadir. Bo`yining uzunligi 60-80 sm ga yetadi, ildizining uzunligi esa 15-20 m. Yantoqning gullari qizil yoki pushti rangda bo`ladi. Ildizi baquvvat va juda uzun, pastga qarab tik o`sadi. Yantoqning barglari mayda bo`lib, tikanlari esa juda o`tkir. Yantoq dasht, cho`l, chala cho`l yerlarda o`sadi. Cho`llarda yantoqning besh turi o`sadi. Yantoq tuyalar va qo`ylarga yashil ozuqa hisoblanadi. Yantoqdan yuqori sifatli yem-xashak, silos va oziq uni tayyorlanadi. Yantoq yuqori sifatli asal beruvchi shirali o`simlik bo`lgani uchun O`zbekiston yantoqzorlarida maxsus asalarichilik tasdhkil etilgan. Sug`oriladigan yerlarda yantoq ashaddiy begona o`t bo`lib, uni yo`qotish uchun ildizini qirqib, ekin maydonidan chiqarib tashlash kerak.
Yanvar- lotincha Januarius mensis “Yanus oyi” degan ma`noni bildiradi. Yanus rimliklar xudosi bo`lgan. Grigoriy taqvimida yilning birinchi oyi. 31 kundan iborat. Yanvar oyi Yerning shimoliy yarimshari bo`yicha eng sovuq oy va janubiy yarimsharining kata qismida eng issiq oy hisoblanadi.
Yara- biror toʻqimaning turli sabablarga qoʻra nobud boʻlgan qismi koʻchib, oʻrnida hosil boʻlgan nuqsoni. Yara koʻrinishi, chuqurligi va chetlarining holatiga qarab oval, dumaloq, chetlari oʻyilgan shaklda boʻladi. Chuqur Yara qon tomir devorlarining buzilishiga olib keladi, natijada qon ketishi kuzatiladi. Yara uzoq kechib, chandiqlanib bitadi. Baʼzan yara qayta-qayta chiqishi ham mumkin. Yaraga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, ogʻirroq hollarda jarrohlik amaliyoti qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |