Yadro (yer mag`zi)- Yerning markaziy eng chuqur joyi. Ye. ya.ning yuqori chegarasi 2900 km chuqurliqda, radiusi qariyb 3500 km ga teng. Yerning markazida harorat +5000°C. Ye. ya. tashki va ichki yadro (subʼyadro)dan iborat. Subʼyadroning radiusi 1300 km chamasida. Tashqi yadro suyuq boʻlsa kerak deb taxmin qilinadi. Yer yadrosining tarkibi toʻgʻrisida yagona fikr yoʻq. Baʼzi olimlar Yer yadrosi temir va nikeldan iborat deyishsa, boshqalari metallashgan silikatlardan, uchinchi guruh olimlar esa temir oksidlaridan tashkil topgan deb hisoblaydilar. Geofizik maʼlumotlar va eng kuchli bosim sharoitida bajarilgan tajribalardan olingan maʼlumotlar asosida Yer yadrosi ehtimol nikel va oltingugurt aralashmali temirdan tashkil topgan deb faraz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |