Tog`turbid-(Dictammnus tadschikorum) bo`yining balandligi 50-80 sm ga yetadigan ko`p yillik o`t.o`simlik tanasi jingalak tukchalar bilan qoplangan. Gullari pushti rangli, 3,5 sm gacha bo`lib, shingilsimon ro`vak shaklda. U may-iyun oylarida gullaydi va iyul-avgust oylarida urug`I yetiladi. O`zbekistonda Samarqand, Farg`ona, Toshkent va Surxondaryoning tog`laridagi buta va daraxtzorlar orasida o`sadi. Tog`turbid poyasida zaxarli moddalar bor. Zaxarli shirasi odamning biror joyiga tegsa shu yerni achishtiradi va o`yadi.Natijada terida uzoq vaqtgacha saqlanib qoladigan qizil va qora dog`lar paydo bo`ladi.Agar uni mollar yesa zaxarlanadi.
Toifi- Toyfi, Sayfi Gʻulomi ham deb yuritiladi - kechpishar xoʻraki uzum navi. Toifi uzumning vatani — Arabiston. U Oʻrta Osiyoda qadimdan ekiladi. Oʻzbekiston, Turkmenistan, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda keng tarqalgan. Oq toifi va pushti toifi kabi xillari bor. Ularning farqi asosan uzumi rangida. Pushti toifi koʻproq ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, toʻgarak yoki uzunasiga salgina choʻziq (diametri 14—16 sm), besh boʻlmali, pastga qaragan tomoni tukli bo`ladi. Uzum boshi katta (2,5—6,5 kg gacha) bo`ladi. Gʻujumi yirik, choʻziq, uch tomoni oʻyiqli, quyoshga qaragan tomoni pushti. Uning poʻsti qalin, eti sersuv, karsillaydi. Kurtagi boʻrtgandan keyin havo harorat +36, +40 boʻlganda 151 — 188 kunda, sentabr oyi oxirida toʻliq yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Tuproq sharoitlariga talabchan emas. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan.
Tojikiston- Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming kv.km. Aholisi 8,486,300 kishidan ziyodni tashkil etadi. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti — Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tajikistonning dengizga chiqish imkoniyati yo'q. Hozirda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon.
Tok-(Vitis) — uzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik daraxtsimon o`simlik. U rezavor meva ekini bo`lib, Markaziy va Janubiy Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada 60—70 turi maʼlum. Madaniy tok (Vitis vinifera) barcha qitʼalarda yetishtiriladi. Tok Oʻrta dengiz atroflari va Gʻarbiy Osiyoda miloddan bir necha ming yillar ilgari yetishtirilgan. Madaniy tok taxminan oʻrmon toki (Vitis sylvestris) va boshqa yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Ekiladigan navlarning koʻpchiligi shu turga mansub. Amur toki (Vitis amurensis) — manzarali oʻsimlik. Tyan-shan va Pomir-Olay togʻlarida oʻsuvchi hisor uzumi (Vitis hissarica) Qizil kitobga kiritilgan. Madaniy tokning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. Uning koʻp yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik novdalari uzun (3–5 m) va ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg , barg qoʻltigʻida kurtaklar rivojlanadi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Gullari mayda, koʻkimtirsargʻish. Tok issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, oʻsimlik, koʻchatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, ba`zan urug`idan ko`paytiriladi, 2-, 3-yili hosilga kiradi. Tok aslida yer tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sugʻoriladigan, unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. Tok 30—300 yil yashaydi, oʻz ildiziga ega tuplari 60—80 yil, payvand qilinganlari 30—40 yil hosil beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |