Tog` yonbag`irlari-
Tog`beka-
Tog`olcha-(Prunus divaricata) — raʼnodoshlar oilasi olxo`rilar turkumiga mansub mevali daraxt. Bu daraxt Bolqon mamlakatlari, Kichik Osiyo, Eron, Oʻrta Osiyo va Kavkazda yovvoyi va madaniy holda tarqalgan. Boʻyi 3–10 m, sershox bo`lib o`sadi. Gullari oq, yakkayakka joylashgan. Mart—aprel oylarida gullaydi. Mevasi iyul— avgustda pishadi. Mevasining ogʻirligi 2—12 gramm , dumaloq, choʻzinchoq yoki yassi, sariq, qizil, binafsha rang yoki qora rangda bo`ladi. Tog`olcha, asosan, urugʻidan koʻpaytiriladi. Shaftoli, olxoʻri, oʻrik uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Ko`chati 2-,3-yili hosilga kiradi. Daraxtidan 300 kg gacha hosil olinadi. Mevasi hoʻlligicha va konserva (kompot, qiyom, sharbat va boshqalar) holida isteʼmol qilinadi. Tog`olcha yer tanlamaydi. Sovuqqa va shoʻrga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |