Qo`ypechak-(Convolvulus arvensis)pechakdoshlar oilasiga mansub bo`lib, yer bag`irlab yoki chirmashib o`sadi. Poyasining uzunligi 40-100 sm ga yetadi. U ildizdan ko`payadigan ko`p yillik ashaddiy begona o`t. Gullari och pushti, sal xushbo`yroq bo`lib, hamma ekinlar orasida, bo`sh joylarda ham o`sib yotadi. Qo`ypechak bosgan dalalarda hosil 30 – 50 foizgacha kamayadi. Qo`ypechakni yo`qotish uchun uning ildizini qirqish, turli xil kimyoviy moddalardan foydalanish kerak bo`ladi. Qo`ypechak zaxarli bo`lib, uni ko`k holicha mol ko`p yesa kasallanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |