Qo`ng`ir ko`mir- ko`mirlanish darajasi eng past bo`lgan qazilma ko`mir, torfning toshko`mirga aylanishdagi shakli. Qo`ng`ir ko`mir torfdan o`ta zichligi, toshko`mirdan esa qo`ng`ir rangi bilan ajralib turadi. Qo`ng`ir ko`mir havoda mayda bo`laklarga bo`linib ketadi. Qo`ng`irk o`mirning rangi och sariqdan qoragacha bo`ladi. Qo`ng`ir ko`mir yumshoq, qattiq va tuproqsimon turlarga bo`linadi. Qo`ng`ir ko`mirlar kichik qatlamlardan tortib juda katta qatlamlar (100– 120 m) hosil qilgan. Dunyo bo`yicha qazib olinayotgan ko`mirning 20% qo`ng`ir ko`mirga to`g`ri keladi. Uning konlari xorijda Rossiya, Qozog`iston, Polsha, Germaniya va AQShda mavjud. O`zbekistonda Angren ko`mir konida, xorijda Sho`rob ko`mir konida qazib olinadi. Qo`ng`ir ko`mirdan energetik yoqilg`i va kimyoviy xom ashyo sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |