Kovak-
Krapiya baliq-
Kraxmal-(nemischa kraftmehl) — oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Kaxmal fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. K.ni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U oʻsimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tugunagida, ildizida, bugʻdoy, sholi va makkajoʻxori donida dovachalar shaklida to`planadi. Odam va hayvonlar uchun oʻsimlik kraxmali qimmatli oziq modda hisoblanadi. Insonning uglevodlarga boʻlgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, va boshqa tarkibda kraxmal bor. Sanoatda kraxmal, asosan, kartoshka, makkajoʻxoridan olinadi. Kraxmal oziq-ovqat, qandolatchilik, goʻsht mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |