Ketmon-
Kilometr- xalqaro birliklar sistemasida uzunlikning karrali birligi, 1000 metrga teng. Belgilanishi km.
Kilometr- xalqaro birliklar sistemasidagi uzunlikning karrali birligi, 1000 metrga teng. Belgilanishi km.
Kimyoviy vosita-
Kishmish- gʻujumi urugʻsiz uzum navi. Kishmishning Bedona, Oq kishmish, Qora kishmish, Pushti kishmish, VIR kishmishi va Hishrov kishmishi, Zarafshon kishmishi, Turkmaniston qizil kishmishi, Marmar kishmish, Soʻgʻdiyona kishmishi, Vatkani kishmishi, Tagʻob kishmishi, Astraxon kishmishi (dumaloq kishmish), Qora Korinka va turlari bor. Kishmish koʻproq Oʻrta Osiyo, AQSH, Fransiya, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiyaning janubiy mintaqalarida oʻstiriladi. Kishmishdan mayiz va markali vinolar tayyorlanadi. Shu uzumlar mayizi ham baʼzan kishmish deyiladi.
Kislorod-(lotincha Oxygenium, yunoncha oxys — nordon va gennao — tugʻmoq so`zlaridan olingan) - tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Massasi jihatidan Yer poʻstining 47% ini, suvning 85,82% ni, atmosfera havosining 23,10% ini (hajm jihatdan 20,95% ni) tashkil qiladi. Barcha tirik mavjudodlar kislorod orqali nafas oladi. Kislorodni asosan, yashil o`simliklar quyosh nuri ta`sirida ishlab chiqaradi. Kislorod rangsiz, hidsiz va taʼmsiz gaz. U harorat -183 bo`lganda havorang suyuqlikka aylanadi, - 218,7- haroratda esa qotib, koʻk kristall hosil qiladi.
Kit- suvda yashovchi hayvonlarning bir turkumi bo`lib, 100 ga yuaqin turi bor. Bo`yi 1,2 m dan 33 m ga qadar bo`ladi. Orqa oyog`I yo`q, oldingisi rul vazifasinibajaradigan kurakka aylangan, dumida gorizontal o`renashgan ikki pallali dum suzgich qanoti bor. Tez-tez suv betiga chiqib, o`pkasini havo bilan to`ldirib turadi. Boshi ustiga o`rnashgan tashqi burun teshigida ochilib-yopilib turadigan qopqoq bor. Burun teshigidan bug` aralash havo fontan bo`lib otilib turadi. Kitlar baliqlar, mollyuskalar va planktonlar bilan ovqatalanadi, suv ostiga 200 m va undan ortiq chuqurlikka sho`ng`iydi. Suv ostida 1 soatdan ko`proq tura oladi. Kaspi, Orol dengizidan boshqa barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Kitlar o`z tanasining uchda bir qismiga teng bitta bola tug`adi. Ona kit bolasini sut bilan boqadi. Kit bolasi 3 yoshda voyaga yetadi.
Kitob- axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi. Bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli. Kitobning badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot kabi turlari mavjud. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, kitob deyish qabul qilingan. Kitob ishi kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. Kitobni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatida olib boriladi. Kitoblarni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi. Kitob va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |