Jo`mrak-
Jomolungma cho`qqisi-(boshqa nomlari: Everest, Sagarmatxa) — Yer yuzidagi eng baland choʻqqi, Himolay togʻlarida, Nepal va Xitoy chegarasida joylashgan. Jomolungma qisman Sagarmatxa (Nepal) milliy bogʻi tarkibidadir. Balandligi 8848 metr. Shakli piramidasimon. Togʻ tepasidan atrofga 5000 m balandlikkacha muzliklar oqib tushgan. Janubiy yon bagʻri tik boʻlgani uchun bu yerda qor turmaydi. Jomolungma choʻqqisiga 1953-yilning 29-mayida J.Xant boshliq ingliz ekspeditsiyasi aʼzolari — nepallik Tensing va yangizelandiyalik E.Xillari chiqib yetdilar. Ayollardan birinchi boʻlib yaponiyalik alpinist Y. Tabey (1976) chiqqan. 1998-yilning 22-mayida 11 kishidan iborat Oʻzbekiston alpinistlari Jomolungma choʻqqisini zabt etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |