Gaichka chittagi-
Gajakdum kaltakesak-
Gardish-buyumning aylanma sirti, doirasi. Masalan, g`ildirak gardishi. Gardish nko`chma ma`noda taqdir degan ma`noni ham bildiradi. Masalan, falakning gardishi.
Gavda suyaklari-
Gavda- yaxshi sozlangan mashina kabi harakatlanuvchi yaxlit organizmdir. U bir soniya ham to`xtamasdan muttasil ishlaydi, shu bilan birga har bir a`zo o`z vazifasini bajaradi. Masalan, bizga miya fikr yuritish uchun, tishlar uchun, ko`z ko`rish uchun kerak. Odam gavdasining ichida suyaklardan iborat mustahkam tayanch bor. U boshqa a`zolarni ushlab turadi. Skelet shuningdek, ichki a`zolarni shikastlanishdan himoya qiladi. Gavdaning ichida joylashgan alohiqismlar ichki a`zolar deb ataladi. Ularning har biri o`z vazifasini bajaradi. Yurak qonni haydab beradi va uni butun organizm bo`ylab tarqatadi.
Gaz- suyuqlik va qattiq jismdan farqanadi. Gazlarda shakilva hajm bo`lmaydi. Ular erkin tarqaadi va har qanday bo`shiqni to`ldiradi. Ularni eng kichik hajmgacha siqib qo`yish mumkin. Suyuqlik yoki qattiq jismni bunday qilib bo`lmaydi. Gazlarning ko`pi ko`zga ko`rinmaydi. Ammo ularning aksariyati kuchli hidga ega.
Gazako`t-(Gentiana olivieri) gazako`tdoshlar oilasiga mansub, bo`yining uzunligi 10-30 ms ga yetadigan ko`pyillik o`simlik. Poyasi bir nechta bo`lib, yik o`sadi, poyadagi barglari qarama-qarshi joylashadi. Ildizi ipsimon talalardan iborat. Gazako`t mart oyida ko`karadi, may-iyun oyida gullaydi. Gullari binafsha-ko`k rangda bo`ladi. Gullari poyasiningg uchida joylashadi. Urug`i hushbo`y bo`lib, iyun-iyul oylarida pishadi. Gazako`t xalq tabopbatida bezgak kasalligi va oshqozon-ichak hamda boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Gazlama-(mato ham deyiladi) xalq badiiy hunarmandligida qadimdan qo`lda to`qib tayyorlangan to`qimachilik mahsuloti. O`rta Osiyo hududida ip (bo`z, chit), ipak (atlas, baxmal, shoyi) va nim-shoyi (beqasam, adras) matolar tayyorlash qadimdan keng tarqalgan. Dastlab gulsiz (sidirg`a), keyinroq sodda gulli — hoshiyali, yo`l-yo`l va kataklar hosil qilib bezash yo`lga qo`yilgan. O`zbekiston hududi (Buxoro, Marg`ilon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Qo`qon, Xorazm va boshqalar)da gazlama tayyorlash markazlari yuzaga kelgan va rivojlangan. Xalq ustalari tomonidan hozirgi kunda anʼanaviy usullarda tayyorlanayotgan matolar (adras, atlas, beqasam, shoyi va boshqalar) anʼanaviy naqshi va sifati bilan diqqatga sazovor. Respublika hududida va xorijda ham ushbu matolarga talab katta.
Geliy-(lotincha Helium), He—Mendeleyev davriy sistemasining sakkizinchi guruh kimyoviy elementi, tartib raqami 2, atom massasi 4,0026, rangsiz va hidsiz gaz. 1868-yilda fransuz astronomi Geliy Jansen va ingliz astronomi Geliy Lokyer quyosh spektrida yangi sariq chiziqni aniqladilar. U oʻsha vaqgda maʼlum boʻlgan elementlar chizigʻiga sira oʻxshamasdi. Bu nomaʼlum elementga Geliy deb nom berildi (yunoncha helios — quyosh). Yerda Geliy juda kam. Geliy fazoda eng koʻp tarqalgan elementlardan biri (vodoroddan keyin 2-oʻrinda turadi). Yer yuzida Geliy asosan Yer poʻstidagi radioaktiv elementlar (kleveit, monatsit va torianit) tarkibida uchraydi. Geliy sanoat miqyosida tabiiy gazlardan va neft gazlarining uglevodorodli yoki azotli birikmalaridan olinadi. Koʻpgina neft va gaz konlarida tabiiy Geliy zaxiralari bor. Suyuq Geliyning ajoyib xossalari bor. U tarkibida Geliy boʻlgan tabiiy gazlardan olinadi. Geliyning inertlik xossasidan metallarni qirqishda, payvandlash va oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda foydalaniladi. Suyuq holdagi Geliy yer yuzidagi eng sovuq suyuqlikdir, u turli ilmiy tekshirishlarda sovutkich sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |