Fermer xo`jaligi-
Fevral- lotincha Fabruarius – halollanish oyi degan ma`noni bildiradi. Grigoriy taqvimida yilning ikkinchi oyi. 28kundan iborat, kabisa yilida esa 29 kun. Bu oyning nomi qadimgi rimliklarning har yili 15-fevralda o`tkaziladigan halollaninsh marosimi bilan bog`liq.
Fil- yer yuzida yashaydigan sutemizuvchi hayvonlar orasida eng bahaybati hisoblanadi. Og`irligi 4 – 5 tonna keladi. Dunyoda Afrika fili va Hindiston fillari farqlanadi. Ular quloqlarining o`lchami bilan farqlanadi. Afrika fillari erkagining bo`yi 4 metrgacha bo`lib, og`irligi 6 tonnagacha boradi. Fillar eng uzoq umr ko`ruvchi hayvo hisoblanadi. Ular odatda o`rtacha 60 – 70 yil yashaydi. Filning yuqori labi va burni xartumga aylangan. Fil ovqatni ham, suvni ham xartumi bilan olib og`ziga solidi. Yuqori jag`dagi kurak tishlari juda uzun bo`lib,og`zining ikki chekkasidan chiqib turadi. Shu tisjhlari bilan o`zini dushmanda himoya qiladi. Fil o`simlik shoxalri, bargi, mevasi, kurtaklari va boshqalar bilan oziqlanadi. Bir kunda 100 kg gcha ovqat yeydi. Fillar 2-3 yilda bitta bola tug`adi. Yangi tug`ilgan bolasining og`irligi 90 kg gacha bo`ladi.
Flamingo- katta qushlar safiga kiruvchi qushlardan biri, ularning bo‘ylari 1,2-1,5 metrga ega va og‘irliklari 3,5 killogramgacha bo`ladi. Eng kichik flamingolar (ularni kichik flamingo deb atashadi) ularning balandligi 0,8 metrlar atrofida, vaznlari o‘rtachada 2,5 killogramlar atrofida. Patlarning eng och rangi — bu pushti flamingolarda, eng yorqin rang esa ( deyarli qizil) — bu Kariblardagilarda. Tadqiqotchilarning aytishlaricha pushti flamingo qushlarining pat raglari och yoki to‘q bo‘lishi ularning ovqatlanishiga bog‘liq ekan. Flamingolar parvoz qilishni bilishadi, lekin havoga ko‘tarilish uchun ularga katta tezlik bilan yugurib parvozga tayyorlanishlari kerak. Parvoz paytida flamingolar uzun bo‘ynilarini va oyoqlarini bir chiziqni hosil qilib cho‘zib oladilar. Pushti rangli flamingo qushlarning polaponchalari tug‘ilishganlaridan so‘ng inlarida 5-12 hafta qoladilar. Flamingo polaponchalari kuchga kirganlaridan so‘ng «yasli» deb ataladigan guruhlarda mustaqil ovqatlanishni o‘rganishni boshlashadi. Ovqatlanish paytida flamingolar boshlarini suv ostiga tushiradilar, tumshuqlari yordamida suvni shimib oladilar, va shu tariqa ovqatni elaklab olib so‘ng yutishadi, suv esa tumshuqlari ustidagi maxsus teshikchalar ustidan chiqab ketadi. Ko‘payish mavsumi kelganida flamingolar o‘zlariga juft qidiradilar, lekin — ular har mavsumda ular yangi juft qidirishadi. Birlashgan flamingo juftligi o‘zlariga baland daraxt yoki biror tepalikga loylardan in qura boshlashadi. Urg‘ochi flamingo bir dona tuxum qo‘yadi va ushbu juftlikning ikkala tomonlari bo‘lajak kichkina flamingo polaponchani qo‘riqlab o‘tirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |