Lavvoh — sarlavha yozuvchi.
Lag‟m (lahim) – tunnel, yer osti yo‘li.
Lak – yuz ming.
Madrasa – oliy ilmgoh.
Majus – otashparast.
Majusiy – otashparastlik dindori.
Maorif – (arabcha) – insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta‘lim-tarbiya.
Maqom — musiqada bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘llari; musiqiy uslub.
Manifest – (lotincha) – hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati,
qonun kuchiga teng hujjat.
Manglay – ilg‘or guruh.
Manufaktura (lotincha) – hunarmandchilik korxonalarining bir turi. Oddiy hunarmandchilik
korxonasidan kattaligi, mehnat taqsimotining chuqurligi bilan farqlanadi.
Mardona – bo‘yoq olinadigan o‘simlik.
Marsiya – bir shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag‘ishlab yozilgan motam she‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |