Juybon – suv taqsimlovchi mirob.
Kavi – ―Avesto‖dagi mamlakat sardori.
Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram bo‘lib qolgan ahli.
Kalava – yigirilgan ip o‘rami.
Kalavachi – ip yigiruvchi.
Kalom – islom diniy ta‘limotini asoslab beruvchi diniy ilm.
Kalon – XIII asrdagi yer solig‘i, hosilni 1/10 qismi hajmidagi soliq.
Kasanachilik – qo‘l mehnatiga asoslangan hunarmandchilik.
Kasta (lotincha – port) – toza, benuqson, boshqa toifa bilan aralashmagan tabaqa. Hindiston va
Sharqdagi ba‘zi mamlakatlarda nasab va imtiyoz huquqlari, urf-odatlari hamda kasb-hunariga qarab
alohida tabaqalarga ajralgan ijtimoiy huquq.
Do'stlaringiz bilan baham: |