Katolik missionerlari – Katolik dinini boshqa xalqlar orasida yoyish maqsadida targ‘ibot ishlari bilan
shug‘ullanuvchilar.
Kashovarz – ziroatchi oddiy qo‘shchilar.
Kazak – Rus davlatida o‘rta asrlarda krepostnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib,
erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo‘shin.
Kazarma – (italyancha – uycha, kulba) – harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino.
Ka‟ba – musulmonlarning Makka shahridagi muqaddas ibodatxonasi.
Keshik – XIII asrda mo‘g‘ullar qo‘shinidagi zaxira qism, gvardiya, guruh.
Kibor – ma‘mur, zodagon.
Kirpichpazlik – xumdonda pishiq g‘isht pishirish.
Kitoba – lavha.
Kitobdor — amir kutubxonasi boshlig‘i.
Konservativ – (lotincha) – eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o‘zgarishlarga qarshi turuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |