Mirihazora – minglik harbiy bo‘linmaning amiri.
Mirob – suv xo‘jaligi boshqaruvchisi.
Miyonqol – Samarqand atrofidagi Oqdaryo va Qoradaryo oralig‘idagi hudud. Keyinchalik Samarqand
bilan Xatirchi oralig‘idagi yerlar Miyonqol deb atalgan.
Mirobona – suv solig‘i.
Miroxo‟r — amir otxonasining boshlig‘i bo‘lgan.
Mirrix – urush, jang va g‘alaba tangrisi.
Mirshab — tungi shahar soqchilari boshlig‘i vazifasini bajargan.
Mif – yunoncha so‘z bo‘lib, qadimgi dunyo xalqlarining tabiat hodisalari, ularning paydo bo‘lishi
haqidagi, xudolar va qahramonlar haqidagi rivoyat va afsonalaridir.
Miftoh – darvozalik to‘g‘on, shlyuz, suv taqsimlag‘ich.
Do'stlaringiz bilan baham: |