Muhaddis – hadis to‘plovchi, sharhlovchi ulamo.
Muxammas (arabcha) — beshlik. Sharq she‘riyatidagi she‘riy shakl.
Muxolifat – mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar.
Muhoraba – jang, urush, harbiy to‘qnashuv.
Muhrdor – devonxonaning muhr saqlovchisi, muhr bosuvchi, muhr sohibi, hukmdor.
Muhtasib – shariat qoidalari ijrosini, bozordagi tartibni, shariat qonunlarining fuqarolar tomonidan
bajarilishini nazorat qiluvchi amaldor. Muhtasib – tosh-tarozi va narx-navo nazoratchisi. U din
qoidalariga amal qilinishi ustidan ham nazorat olib borgan.
Mushrif — amaldorlar xonga in‘om etgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro‘yxatga olgan.
Soliq tushumlarini yozib borgan, saroy ish boshqaruvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |