4. So‘z erkinligi va jamiyatni demokratlashtirish davom ettiriladi:
OAVlar qo‘shimcha qiymat solig‘idan to‘laligicha ozod qilinadi.
50 ming ovoz jamlagan murojaat bo‘yicha Prezidentning OAVda shaxsan munosabat bildirishiga oid tizim yaratiladi.
5. Xalq qabulxonalari bepul yuridik maslahat markazlariga aylantiriladi:
har qanday murojaatga huquqiy baho berish tizimi yaratiladi. Xalq qabulxonalari ma’muriy sudlov tizimiga integratsiya qilingan sudning birinchi bosqichi sifatida fuqarolarga konsultativ xizmatlar ko‘rsatadigan tizimga aylantiriladi;
jismoniy shaxslarning sudga murojaati uchun davlat boji undirish amaliyoti bekor qilinadi.