10.Tinlichksevar, adolatli va progressiv tashqi siyosat
«Hayotda O‘zbekiston suverenitetiga, izchil va barqaror rivojiga xavf solishi mumkin bo‘lgan kuchlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimi yaratilishi taqozo etilmoqda. Mazkur vazifalarni bajargan taqdirdagina biz farovon turmushga, adolatli hayotga erishamiz, jahon hamjamiyatida o‘zimizga munosib o‘rnimiz va nufuzimiz bo‘ladi», — deydi Bahrom Abduhalimov.
«O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirokini yanada kengaytirishni dolzarb vazifa, deb bilamiz».
Partiya bundan keyin ham mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, hech qanday harbiy bloklarga va koalitsiyalarga qo‘shilmaslik, harbiy maqsadlarni nazarda tutuvchi harakat va tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatmaslik, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikka yo‘naltirilgan siyosat olib borishni maqsad qilgan.
«Mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Biz o‘zimizning yaqin qo‘shnilarimiz bilan ochiq, дўстona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq qolamiz», — ta’kidladi nomzod.
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlanadi.
«Shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish dasturi doirasidagi ijtimoiy va gumanitar loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ustuvor vazifalarimizdan biri, deb hisoblaymiz. Ushbu masalalarni hal qilishda BMTning ixtisoslashgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish va ijtimoiy sohaga doir dasturlarni hamkorlikda amalga oshirishda faol ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlaymiz», — ta’kidladi Bahrom Abduhalimov.
«Sizning saylovdagi faol ishtirokingiz va xohish-istagingiz asosida biz mamlakatimizda keyingi 5 yil mobaynida ularni hayotga tatbiq eta olamiz. Ishonamizki, partiyaning bunday ulug‘vor maqsadlari saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi! Saylovda partiyamiz ko‘rsatgan nomzodni qo‘llab-quvvatlasangiz, Siz — aziz yurtdoshlarimizning tinch va farovon hayoti uchun, belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar qilamiz! Maqsadimiz hammamiz uchun aziz va mo‘’tabar shu zaminda, har bir xonadonda tinchlik-осойishталикni, barqarorlikni saqlashdir», — deya yakunladi «Adolat» SDP nomzodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |