Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo‘lishi, zamonaviy qurilmalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishi kerak bo‘ladi
Bog'liq Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo
Inson katta hajmdagi axborotni qabul qilishga va qayta ishlashga qodir bo‘lishi, zamonaviy qurilmalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, yangi ish sharoitida bir odamning axborot bilan ta’minlangani boshqa odamlarning axborot bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun insonning axborotlarni to’plashda va qayta ishlashda o‘zi mustaqil ish olib borishi yetarli bo‘lmay qoladi. Buning uchun u jamoa bilimlari asosida tayyorlanadigan va qabul qilinadigan qarorlar asosida ishlaydigan yangi texnologiyani o‘rganishi kerak. Bu esa insondan ma’lum darajada axborot bilan ishlash madaniyatini talab qiladi. Axborot madaniyati – axborot bilan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat olib borish va axborotni to‘plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyalaridan, zamonaviy texnik vositalaridan, usullaridan foydalana olish mahoratidir. Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida to‘g‘ri yo‘l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog‘liq bo‘ladi. U insonning ijodiy qobiliyati mahsuli bo‘lib, quyidagilarda: 1 texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari) ni ishlatish ko‘nikmasida; 2 o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida; 3 turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikasiyalar) dan axborotlarni olish, uni kerakli shaklda ko‘rsatish hamda samarali ishlatish mahoratida; 4 axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida; 5 turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida o‘z aksini topadi; 6 o‘z faoliyat sohasidagi axborot to‘plamining xususiyatlarini bilishida. Axborot madaniyati kibernetika, informatika, axborot nazariyasi, matematika, ma’lumotlar bazasini loyihalash nazariyasi va boshqa fanlar-ning bilimlariga tayangan holda paydo bo‘ladi. Axborot madaniyatinig tarkibiy qismi bu yangi axborot texnologiyalarini bilishdan va ularni qo‘llashdan iborat bo‘ladi.
5. Ma’lumotlarni ishlab chiqish bosqichlari Ma’lumotlarni ishlab chiqish bosqichlari EHMda quyidagi bosqichlardan iborat. 1. Masalaning qo‘yilishi. 2. Masalaning matematik modelini tuzilishi. 3. Masalani yechishning sonli usullarini tanlash. 4. Hisoblash algoritmini tuzish. 5. Biror algoritm tilida dastur tuzish. 6. Dasturni EHM xotirasiga kiritish va uni tuzatish. 7. Natija olish. 8. Olingan natijalarni tahlil qilish. EHMda masalani yechish bosqichlarini alohida izohlab o‘tamiz. 1. Masalaning qo‘yilishi. Ushbu bosqich qaralayotgan masala qaysi sohaga (texnika, iqtisod, qurilish va hokazo) tegishli bo‘lsa, shu sohadagi malakali mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Bunda masalaning to‘g‘ri qo‘yilganligi va uni yechish uchun kerakli barcha kriteriyalar ishlab chiqiladi. Umuman olganda, istalgan masalani yechish uchun uning berilishini to‘g‘ri tushunib olish, qanday ma’lumotlar kerakliligi va qanday natija olinishini bilish kerak. 2. Masalaning matematik modelini tuzish. Bu bosqichda qaralayotgan masala matematik tilda ifodalanadi, ya’ni uning matematik modeli tuziladi. Qo‘yilgan masalaning matematik modela tuzilishi natijasida tenglama, tenglamalar sistemasi, differensial tenglama, aniq integralni hisoblash va hokazalar hosil qilinadi. Kuyilgan masala qaysi sohaga tegishli bo’lsa, uning modelini tuzayotgan mutaxassis shu sohaga tegishli bo‘lgan matematik apparatlarni yaxshi tushungan bo’lishi lozim.Umuman olganda, tuzilgan matematik model qo‘yilgan masalaning mohiyatini o‘zida saqlashi lozim. 3. Masalani yechish usulini tanlash.bu bosqichda hosil qilingan matematik masalaning yechish usuli tanlanadi. Buning uchun tayyor sonli usullardan foydalaniish mumkin.Tanlangan usulinng to‘g‘riligini keyingi bosqichlarda tekshirib kuriladi. 4. Hisoblash algoritmini tuzish. Bu bosqichda masalaning yechish algoritmi tuziladi, ya’ni masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligi ishlab chiqiladi. Algoritm tizimida iloji boricha uni sodda va tushunarli qilib tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 12 5. Biror algoritmik tilda dastur tuzish.Bu bosqich ishlab chiqilgan algoritmni EHM tilida tushunadigan biror dasturlash tiliga o‘tkazishdan iborat. Tuzilgan dasturning to'g'ri bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Agar tuzilgan katta hajmda bo‘lsa, Ushbu holda unga zarur joylarda izoh berilsa, dasturni tushunish osonlashadi. Dastur tuzishda qaysi dasturlash tilidan foydalanish masalaning mohiyatiga bog‘liq. Umuman olganda qaysi dasturlash tilini qo‘llash dasturchining ixtiyorida bo‘ladi. 6. Dasturni EHM xotirasiga kiritish va uni tuzatish. Dastur tuzilgandan keyin, uning bajarilishi uchun EHM xotirasiga kiritish zarur. Umuman olganda, bu bosqichda dasturning to‘g‘ri ishlashi va yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni aniqlab tuzatish, algoritmini tuzishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. EHM dasturini bajarishda birinchi navbatda uni o‘zining “tili “ga tarjima qilinadi, ya’ni tuzilgan dastur mashina “tili”da to‘g‘ri yozilganmi-yo’qmi, shuni tekshirib ko’radi. Agar dastur to'g'ri yozilgan bo’lsa, uni hisoblashga kirishadi. Hisoblash jarayonida ham xatoliklar bo’lishi mumkin, masalan, 0 ga teng bo’lishi, kvadrat ildiz tagida manfiy son hosil bo’lishi va hokazo. 7. Natija olish. Dasturdagi xatoliklar va kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin, dastlabki berilganlardan foydalanib, EHM dasturini bajarishga kirishadi.Bu bosqichda asosan hisoblash ishlari amalga oshiriladi va kerakli natija olinadi. 8. Olingan natijalarni tahlil qilish. Bu bosqich masalani EHMda yechish bosqichlaring eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Chunki, ixtiyoriy dastur natija berishi mumkin. Lekin olingan natijaning nechog’lik to‘g‘riligi, qo‘yilgan masalani qanoatlantirishini tahlil qilish muhimdir. Bu ish odatda masalani qo‘ygan mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Agar olingan natija qo‘yilgan masala uchun yaroqli bo‘lsa, ushbu holda masalani EHMda yechish tugallangan deb hisoblanadi.Agar olingan natija qo‘yilgan masala uchun yaroqsiz bo‘lsa, Ushbu holda masalani EHMda yechishning yuqoridagi bosqichlari birma-bir qaytadan ko‘rib chiqiladi. EHMda olingan natijalarni texnik eksperiment yo‘li bilan olingan natijalar yoki oldindan anik natijalar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.
Ma’lumotlarni uzatish protokollari Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki ikkita kompyuter birgalikda harakatlanadi. Ayrim protokollar ma’lumotlar harakatini boshqaradi, ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa ma’lumotlarni bir formatdan boshqasiga 186 o‘tkazadi. Internet bo‘ylab yuborilgan har bir axborot protokoli orqali kamida uch daraja bo‘ylab o‘tadi: tarmoq daraja – bunda xabarni bir joydan ikkinchi joyga yetqazish kuzatib boriladi; transport daraja – bunda uzatiladigan xabarlar butunligi kuzatiladi; amaliy darajada – xabarlarning kompyuter formati kishining ma’lumotni qabul qilishi uchun qulay ko‘rinishga o‘zgaradi. Internetdagi asosiy protokollar quyidagilardir: IPX (Internetwork Packet Exchange) - ishchi stansiyalar bloklar (paket) bo‘yicha ma’lumotlar bilan almashishadi va almashish jarayonida tasdiqlash talab qilinmaydi. SPX (Sequenced Packet Exchange) - ishchi stansiyalar orasida aloqa o‘rnatiladi va bloklar (paket) almashuvi boshlanadi. NETBIOS (Network Basic input\output system)- asosiy tarmoqli kiritish-chiqarish tizimi - tarmoq bug‘inidagi, jo‘natish buginidagi va aloqa jarayonini funksiyalarini bajaradi. TCP -Transmisission Control Protocol - uzatishni boshqarish protokoli. IP - Internet protocol - internetda ma’lumotlarni paketlash va ularni manzilga yetqazuvchi protokol. TCP - ma’lumotlarni uzatish , xatolarni bartaraf qilish va kamchiliksiz ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. P esa ma’lumotlarni optimal manzilga uzatishni ta’minlab beradi (marshrut). TCP\IP tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IP adresiga ega bo‘lib u 32 razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi, masalan, 01001011001001001011010010100101. Bunday adreslar bilan ishlash qiyin bo‘lganligi sababli 8 baytdan iborat 4 blokka bo‘linga adreslar qo‘llaniladi, ya’ni 123.45.67.89. IP adres mantiqan ikki qismga bo‘linadi, ya’ni Network ID tarmoq identiqatori va Host ID uzel identiqatori. UUCP (Unix to Unix Copy Protocol) – Unix tizimlar orasida ma’lumotlar almashuvini ta’minlovchi protokol, uzatish kanali sifatida telefon liniyalari qo‘llaniladi. SSL (Secure Sockets Layer) – ma’lumotlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlovchi protokol. Netscape Communication firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu protokol dasturlarga bog‘liqsiz bo‘lib ma’lumotlarni shifrlash, elektron sertifikatlar yordamida tomonlarni aniqlash va jo‘natilgan xabarni yaxlitligini (ya’ni, xabar uzatilganda unga qo‘shimcha ma’lumotlarni birkitishga yo‘l qo‘ymaydi) ta’minlaydi. RST (Private Communication Technology protocol) – SSL protokolining analogi bo‘lib faqatgina Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Internet Explorer dasturida bevosita ushbu protokolni qo‘llash ko‘zda tutilgan. Har bir IP adres aniq bir tarmoq kompyuteraga murojaat etadi.Ushbu aniqlikni ta’minlash maqsadida domen tushunchasi kiritilgan. Domen – bu tarmoqdagi nomma-nom xostlar guruhidir. Domenlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi va odatda 5 tadan ortiq bo‘lmaydi. Nomda birinchi o‘rinda IP adresli aniq kompyuter nomi turadi. Masalan, imtc.sand.uz. Internetda mavzuli domenlar quyidagicha aniqlangan: com – tijorat korxonalari edu– o‘quv muassasi qov – noharbiy davlat muassasi mil – harbiy muassasa net– tarmoq tashkilotlari org – boshqa tashkilotlar Geografik domenlar quyidagicha belgilangan, masalan, au - Avstraliya, ca - Kanada, ru -Rossiya ,uk –Buyuk Britaniya , us -AKSH , uz -O‘zbekistan .
Internetda domenli adreslash maxsus sxema yordamida tashkil etilgan bo‘ladi. 1- sxema quyidagicha: Protocol.organisation.domain, masalan, www.microsoft.com. 2-sxema quyidagicha: department. organisation.domain, masalan, cs.msu.su, 3-sxema quyidagicha: name.domain, masalan, weblist.ru, 4-sxema quyidagicha: user@host, masalan, nz@imtc.sand.uz.