Zamonaviy operatsion
kuchaytirgichlar
62-20 guruh
Rustamov Sardorbek
Reja:
1. Umumiy malumotlar.
2. OK larning rivojlanish bosqichlari.
Umumiy ma’lumotlar
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni
bajarishga
mo’ljallangan
,
differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan,
kuchlanish
bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan (K
U
= 10
4
+10
6
)
integral
o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish,
ayirish, ko'paytirish,
bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi
matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda
kuchaytirish, cheklash, ko'paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash,
signallami barqarorlashda
qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat
va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar
yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning
nomi ham shundan kelib chiqadi.
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 1, a-rasmda
ko‘rsatilgan
bo'lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi
elementlar
ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi 1, b-rasmda
ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish manbayiga ulanish elektrodlaridan tashqari,
kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik AChX ko'rinishini shakllantiruvchi
chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham ko'rsatilgan.
a) b)
1-rasm. OKning shartli (a) va standart grafik (b) belgilanishi.
OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki ishora bilan belgilangan)
va inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga berilsa, u
holda chiqishdagi signal 1800 ga siljigan, ya'ni inverslangan
bo‘ladi. Agar
signal OKning inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal
kirish signali bilan bir xil fazada
bo‘ladi.
OKda ikki qutbli (
±
3 V...
土
20 V) kuchlanish manbayi
qo‘llaniladi. Bu
manbalarning ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun
umumiy shina
bo‘lib hisoblanadi va ko‘p hollarda OKga ulanmaydi.
OKlar
o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin. Ideal
kuchaytirgich. cheksiz katta kuchaytirish koeffitsientiga; cheksiz katta kirish
qarshiligi; nolga teng
bo‘lgan chiqish qarshiligiga; inverslaydigan va
inverslamaydigan kirishlarga, bir xil signal berilganda nolga teng bo'lgan
chiqish kuchlanishiga, cheksiz katta keng
o‘tkazish polosasiga ega.
OKlar rivojlanishning uch bosqichidan o‘tdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |