Vijdon erkinligi - bu har bir inson o‘zi xohlagan diniga e'tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmasligi va dinga nisbatan betaraf bo‘Iishligi bilan ifodalanadi. Vijdon erkinligini tartibga soluvchi normalar muhim ahamiyatga ega. Vijdon erkinligi insonning dinga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Vijdon erkinligining mazmuni insonning dinga e'tiqodi bor yoki yo‘qligi, betaraf boiishi huquqidan iborat. Shu bilan bir qatorda insonlaming dinga boigan munosabatidan qat'iy nazar, huquq va erkinliklarda tengligi vijdon erkinligining asosiy yuridik kafolatlaridan biri hisoblanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasi bunday huquqni har bir fuqaro uchun kafolatlaydi. O‘zbekistonda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qiimaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘I qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi mazmunining amalga oshirilishi 0‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunida12 aks etadi. Ushbu hujjat tegishli soha bo‘yicha 0‘zbekiston tarixidagi birinchi qonun akti bo‘lib, u vijdon erkinligi borasida vujudga keladigan munosabatlarining yangicha tartibini belgilab berdi. Voyaga yetmagan bolalami diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ulaming ixtiyoriga, ota-onalari yoki ulaming o‘mini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dinga e'tiqod qilish yoki o‘zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolaming hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, fuqarolaming diniy e'tiqodga boigan erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy normalar ijtimoiy voqelikda o‘zining ifodasini topib kelmoqda. Mustaqillik yillarida o‘zining ilmiy jasorati, buyuk kashfiyotlari bilan islom dunyosida ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy, Maxmud Zamaxshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Baxovuddin Naqshbandiy, Xoja Axror Valiy kabi siymolaming nomlari qayta tiklandi,
Bugungi kunda har yili 3000 dan ortiq fuqarolarimiz muqaddas xaj ziyoratiga safar qilmoqdalar. Xolbuki Sobiq Sho‘ro tuzumi davrida sanoqli odamlargina bunday imkoniyatga ega edilar.