Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat aʼzolarining burchidir. - Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat aʼzolarining burchidir.
- Ushbu Deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir (1991-yil 30-sentabr). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson va fukarolarning asosiy huquklari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2boʻlimi mazkur Deklaratsiya talablariga toʻla moye boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi taʼkidlangan. Respublikada inson huquqlariga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. "Inson huquqlari boʻyicha Oliy Majlis vakili (ombudsmen) toʻgʻrisida" qonun qabul qilingan (1997-yil 24-aprel). Inson hukuqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlovchi milliy intlar — Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ishlab turibdi. Toshkent shahrida hukumatga qarashli boʻlmagan "Xyuman Rayts Votch Xelsinki" xalqaro tashkilotining vakili, chet el ommaviy axborot vositalarining vakillari faoliyat koʻrsatmoqda hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa oʻrnatilgan.
Inson oilasi barcha aʼzolariga hos boʻlgan qadr‐qimmat hamda ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi boʻlishini eʼtiborga olib, - Inson oilasi barcha aʼzolariga hos boʻlgan qadr‐qimmat hamda ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi boʻlishini eʼtiborga olib,
- Inson huquqlarini mensimaslik va oѐq‐osti qilish odamzod vijdonini oʻrtaѐtgan vahshiylarcha qilmishlarga olib kelganini hamda kishilar soʻz va maslak erkinligi sohibi boʻlib, qoʻrquv va muhtojlikdan holi boʻlib yashaydigan dunѐni bunѐd etish odamlarning nufuzli intilishi, deb eʼlon qilinganligini eʼtiborga olib,
- Inson soʻnggi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isѐn qilib bosh koʻtarishga majbur boʻlmasligining oldini olish maqsadida inson huquqlarni qonun izmi bilan muhofaza etilishi zarurligini eʼtiborga olib,
- Xalqlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga koʻmaklashish zarurligini eʼtiborga olib,
- Birlashgan Millatlarning xalqlari Ustavda insonning asosiy huquqlarni, qadr‐qimmati va inson shaxsning benazirligiga hamda erkaklar va aѐllarning teng huquqligiga oʻz ishonchlarini tasdiqlaganliklarni hamda katta huquq bilan ijtimoiy taraqqiѐt va turmush sharoitini yaxshilashga ѐrdam berishga qaror qilganliklarni eʼtiborga olib,
- Aʼzo boʻlgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarni yalpi hurmat qilish va rioya etishga ѐrdamlashish majburiyatini olganliklarni eʼtiborga olib,
- Ushbu huquqlar va erkinliklar tusini yalpisiga tushunib olish mazkur majburiyatni toʻla‐toʻkis bajarilishi uchun juda katta ahamiyatga ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |