Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida


“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”



Download 0,97 Mb.
bet10/22
Sana06.07.2022
Hajmi0,97 Mb.
#747362
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
PF-6012 22.06.2020

“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunch�lik palatasiga kiritish.
Bunda:
bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;
kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi

19.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini ta’minlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi v� Chora-tadbirlar majmui

2021-yil
1-noyabr

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning xalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi

20.

Bolalar va ayollar savdosigaqarshi kurashish, odam savdosidan jabr ko‘rgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini targ‘ib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi k�rashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

Odam savdosidan jabr ko‘rganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

21.

Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi,
Adliya vazirligi,
Jamoatchilik palatasi

Milliy saylov qonunchiligi va tizimi xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi

22.

Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish,uning subyektlari doirasini kengaytirish.
Bunda:
qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarn� kiritish;
Konstitutsiyaviy sudda o‘rganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlarqatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzur?dagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariva qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasimilliy markazini kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-iyul

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
Konstitutsiyaviy sud,
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi subyektlar doirasi kengaytiriladi

23.

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi bo‘yicha parlament nazorati kuchaytiriladi

24.

BMTning shartnomaviy qo‘mitalarida inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qo‘mitalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-avgustdan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va ko‘rib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki ta’minlanadi

25.

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.
Bunda:
jamoatchilik nazoratining har bir shakliniamalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;
inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;
inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur o‘ylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi,Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-mart

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning
Inson huquqlari bo‘yicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

26.

O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.
Bunda:
fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari;
nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, ro‘yxatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi,
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yanada takomillashtiriladi,
ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmi mustahkamlanadi

27.

Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga bag‘ishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil
1-noyabrdan boshlab

Jamoatchilik palatasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi yaratiladi

28.

Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qo‘llab-quvvatlash.
Bunda:
O‘zbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish;
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar bajarilishi to‘g‘risida davlat organlari va mansabdor shaxslar hisobotlarining jamoatchilikmuhokamasinitashkil etish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Jamoatchilik palatasi,
“Yuksalish” umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari

Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish