INSERT (inglizcha so’zdan olingan bo’lib - INSERT – Interaktive- interfaol
Noting – belgilash System - tizim for uchun Effective – samarali
Reading – o’qish and– va Thinking – fikrlash degan ma’noni anglatadi).
V - …. haqidagi bilimlarimga javob beradi
mening bilganimni tasdiqlovchi axborot
«-» - …. haqidagi bilimlarimga zid
menning bilganlarimga, zid axborot;
+ - yangi ma'lumotlar
men uchun yangi axborot;
? – tushunarsiz (aniqlashtirish, to'ldirishni talab qiladi) ma'lumot
meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak.
1-vaziyat
Besh yoshli Olimjon bog'chaga keliboq, darhol to‘polon qila boshlaydi, tinmay yuguradi. Ba`zan uni boshqarish va tinchlantirish juda qiyin bo‘ladi. Bolalar bilan o‘yin stolida xam janjallashib ketadi, natijada guruxda shovqin va yig‘i ovozi boshlanadi. Tarbiychilar Olimjon bilan juda qiynalishadi. Ota va onasi bilan suhbat davomida shu ma`lum bo‘ldiki, oila yangi kvartiraga ko'chib o'tgan va vaqtinch bolani eski bog'chaga olib borib turishibdi. “Ehtimol, bola yo'lda charchayotgandir”- , deb taxmin qilishdi tarbiyachilar. Ota "Bunday bo'lishi mumkin emas," deb e'tiroz bildirdi. "Axir, u butun yo'lda o'tiradi".
Savol.
Haqiqatdan ham bola charchaganmi?
Harakatlarni cheklash yoki monoton faoliyatdan tez charchash bola tanasiga qanday ta`sir ko‘rsatishi mumkin?
1. Bu giperaktiv bola charchamagan chunki besh yoshlik ya’ni Olimjondek bolalar charchaganlarini o’zlari ham bilmaydilar va bolani tanasi xali juda yosh.
2. Bu holatda bolani yoshlikdan biror o’zi yahshi ko’rgan sport turiga berish zarur, shundagini bu holatda oz bo’lsada yutiqqa etishilgan bo’ladi.
2-vaziyat
Ertalab guruhda noodatiy holat vujudga keldi. Burchakda yangi o'yinchoqlar paydo bo'lgan edi. Hamma bolalar ularga diqqat va qiziqish bilan qaradi. Bugungi kunlari qiziqarli bo'lishini angladilar. Faqat Nodirning ko‘zlarida quvonch sezilmadi.
- Nega bunchalik xafasiz? Siz kasal bo'lmadingizmi? – deb tarbiyachi so‘radi.
- Yo'q... O'zim shunday, - deb pichirladi Nodir, bolaning ko'zlari yoshlandi. Hech kim ko'rmasin deb, devorga o'girilib oldi va to'satdan yig'lab yubordi:
- Kechirasiz, onam ... Dadam yana kech keldi va qo'shni amaki bilan vino ichdi. Onam esa yig'lab yubordi. Dadam tun bo'yi shovqin-suron qildi.
Savol.
Otasining xatti-harakati Nodirga qanday ta'sir ko'rsatyapti.
Sizningcha, bolalar bog'chasi oilagagi sog'lom hayotni yaratishda qanday yordam berishi mumkin?
1. Dadasining qilgan ishi yosh bolaga salbiy ta’sir ko’rsatadi nega deganda, chunki bola hali yosh bolani tarbiyasi endi asta – sekin rivojlanayotgan paytda bunday ishlar bolani batamom tarbiyasi ta’sir qilishi mumkin yoki ruhiy zarba berilishiga sabab bo’lishi mumkin.
2. Menimcha bog’chaga keladigan bo’lsak, bog’cha bolani o’zgartirishi mumkin lekin oilasini o’zgartira olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |