Inog’omov farmasevtik qurilmalarida o’lchash asoslari toshkent 2020



Download 1,89 Mb.
bet49/60
Sana02.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#730019
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Bog'liq
fayl 1597 20210825

Qiyoslashni o‘tkazish


    1. Tashqi ko‘rik

      1. Refraktometr IRF-454 pasportda ko‘rsatilgan vositalari ko‘rsatib o‘tilgan talabga javob berishi kerak.

      2. Refraktometr IRF-454 tashqi ko‘rik bo‘yicha quyidagi o‘rnatilgan talablarga javob berishi kerak:

  1. yangi refraktometrlarning metall buyumlarida uchli qirralari bo‘lishi mumkin emas. Bu detallarda o‘tkir uchli joylari bo‘lsa ular o‘tmas xolatga keltirib qo‘yilishi kerak.

  2. metall buyum detallaridagi ushlagichlar bir tekis va aniq ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

v) vint va gaykalarning qirralari bo‘lmasligi kerak.
g) metall buyum detallarining ustki qismlarida zanglar, metall oqmalari, bo‘yoqlarning oqmalari va refraktometrning tashqi ko‘rinishini buzib turadigan defektlar bo‘lmasligi kerak.
d) refraktometrning ustki qismlari bir tekis, yuzasidagi bo‘yoqlari ko‘chmagan, qirilmagan xolatda bo‘lishi kerak.
Refraktometrning tashqi yuzasida shtrix-kod, son va belgilar aniq ko‘rinadigan xolatda bo‘lishi kerak.
a) refraktometrning korpusida birka mahkamlangan bo‘lib, unda ishlab chiqaruvchi korxona nomi, refraktometrning shifri, indeks modellari va uning nomeri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
    1. Sinab ko‘rish


      1. Refraktometrning yig‘ishdagi sifati va ularning alohida qismlarini sinab ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi, bunda

  1. Refraktometrning barcha mahkamlangan detallari va qismlari asosiy tayanch bilan zich xolatda bo‘lishi kerak;

  2. barcha buraladigan va harakatlanadigan qismlari bir tekis va yumshoq xolatda buralishi va harakatlanishi kerak;

      1. Refraktometrning optik qismlarini tayyorlanishi va yig‘ishdagi sifati sinab ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi; bunda

  1. refraktometrning optik detallarining yuzasida uchgan joylari qo‘pol qirilishlar bo‘lmasligi kerak;

  2. elim bilan yopishtirilgan detallarni ko‘chirish mumkin emas;

v) alyuminiy bilan qoplangan optik qismlarda ko‘chgan va buzilgan joylari bo‘lmasligi kerak.

      1. Refraktometrning o‘lchash qismlarining sifatini sinab ko‘rish va ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi; bunda

  1. refraktometrning buraladigan qismlari bir tekis buralishi kerak;

  2. refraktometrning shkalasi yaxshi yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak;

      1. Okulyarning dioptriy chegarasini aniqlash

Refraktometr okulyarining dioptriy chegarasini dioptriy trubkasi yordamida quyidagi tarzda aniqlanadi:

    • dioptriy trubkasini cheksiz xolatga qo‘yiladi,

    • dioptriy trubkasini refraktometrning okulyariga o‘rnatiladi;

    • refraktometrning okulyarini birinchi boshlang‘ich chegaraviy va keyin oxirgi chegaraviy xolatlarga o‘rnatiladi. Dioptriy trubkasini shkalani yaxshi ko‘rinadigan xolatiga qo‘yiladi va dioptriy trubkasining shkalasidan hisob olinadi. Okulyarning dioptriy chegarasi ±5 dioptriydan kam bo‘lmasligi kerak.

      1. Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik chegarasining sifatini tekshirish.

Refraktometrning ko‘rish maydoni, yorug‘lik va qorong‘ilik chegarasini joylashishini okulyarga qarab kuzatish orqali tekshiriladi. Bunda refraktometrning ko‘rish maydoni quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    • refraktometrning ko‘rish maydoni toza, dumaloq ko‘rinishda bo‘lib, o‘rtasida chiziq bilan ikki qismga, yorug‘ va qorong‘i qismlarga ajratilgan xolatda bo‘lishi kerak;

    • yorug‘ qismi bir tekis yoritilgan xolatda bo‘lishi kerak;

    • yorug‘ va qorong‘i qismlarining o‘rtasidagi chegara aniq, bir tekis va ranglarga bo‘yalmagan xolatda bo‘lishi kerak;

    • refraktometr ko‘rish maydonidagi shtrix chiziq va shkalaning raqamlari, hamda X - ko‘rinishdagi kesishishgan chiziq aniq ko‘rinishi, defektsiz bo‘lishi, hisoblarni olish uchun noqulay xolatda bo‘lmasligi kerak;

    • hisob olinadigan chiziqlar shkalaning shtrix chiziqlariga parallel va ko‘zga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.

      1. Disspersiya kompensatorini tekshirish

        1. Disspersiya kompensatorini kunduzgi yorug‘lik bilan quyidagi tarzda tekshiriladi:

    • prizmaga bir tomchi suv tomizib ustki prizmani yopamiz va kunduzgi yorug‘likni oyna orqali tushirib refraktometrik blokdagi yoritiladigan prizmani yoritib berishga erishish kerak. Disspersiya kompensatorini burash orqali yorug‘ va qorong‘i qismlarining chegarasini X - ko‘rinishdagi chiziqlarni kesishishgan nuqtasiga olib kelamiz. Keyin xuddi shunday tarzda ikkinchi xolat uchun nD ko‘rsatkichni yozib olamiz. SHunga o‘xshash 5 marotaba o‘lchashlar davomida ularning farqini aniqlaymiz. Sindirish ko‘rsatkichining olingan natijalar bo‘yicha farqi ±1∙10-4 dan katta bo‘lmasligi kerak.

        1. Disspersiya kompensatorini natriyli sariq chiroqda quyidagi tarzda tekshiriladi:

    • refraktometrni qorong‘i xonaga o‘rnatib natriyli sariq chiroq bilan yoritiladi;

    • o‘lchash prizmasiga bir tomchi disstillangan suv tomizib kompensatorni bir necha xolatda sindirish ko‘rsatkichi aniqlanadi. Qorong‘i va yorug‘lik chegarasining siljishi shkalaning 0,1 bo‘limidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

    1. Metrologik parametrlarni aniqlash.

      1. Refraktometrning sindirish ko‘rsatkichi bo‘yicha asosiy xatoligini aniqlash:

    • refraktometrning asosiy xatoligi namunaviy prizma vak plastinkalar orqali amalga oshiriladi. Refraktometrning ustki prizmasi ochiladi. Namunaviy va o‘lchanadigan prizmaning ustki qismlari efir bilan spirtning aralashmasida artiladi. Namunaviy prizmaning (plastinkaning) ustiga bir tomchi immersion suyuqlik tomizilib keyin uni o‘lchash prizmasining ustiga shunday o‘rnatiladiki, immersion

suyuqlik prizmaning chetlaridan chiqib ketmagan xolda uning yuzasida bir tekis taqsimlansin. Agar prizmaning bir-biriga tegib turgan yuzalari orasidak 2-3 tadan ortiq polosalar kuzatilsa, unda prizma qaytadan yaxshilab tozalanib o‘rnatiladi. Keyin 5 marotaba sindirish ko‘rsatkichi o‘lchanadi. O‘lchangan qiymatlarni o‘rtacha arifmetik qiymatlari aniqlanadi va uni namunaviy prizma (yoki plastinka) ning qiymatlari bilan solishtiriladi. Ularning farqi ± 2,5∙10-4 dan oshmasligi kerak.

      1. Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha nF - nc asosiy xatoligini aniqlash.

Refraktometrning o‘rtacha disspersiyasi bo‘yicha asosiy xatoligini nF - nc disstillangan suv va namunaviy plastinka yordamida aniqlanadi:

    • sindirish ko‘rsatkichini 1,2 - 1,7 oralig‘ida o‘lchash disstillangan suv va markasi TK-21(TK-20) bo‘lgan plastinkalar bo‘yicha aniqlanadi

- sindirish ko‘rsatkichining 1,6 - 2,0 oralig‘ida TF - 5 va STF - 58 markali shisha plastinkalar orqali aniqlanadi.
Bunda hisoblashlar quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
nF - nc = A + V k
bu erda, nF - nc - o‘rtacha disspersiya;
A, V va k - jadvaldan olinadigan qiymatlar;
Disstillangan suv bilan ishlanganda refraktometrga termostat щrnatiladi. Ustki va o‘lchash prizmalari orasiga bir tomchi suv tomiziladi.
Namunaviy plastinkalarda ishlanganda esa, ularga immersion suyuqlik surtiladi, keyin o‘lchash prizmasiga joylashtiriladi. CHegaraviy chiziqni rangsiz xolatga keltiriladi va kompensatorning ikki xil xolati uchun 5 martadan hisob olinadi. Olingan natijalar bo‘yicha o‘rtacha arifmetik qiymati aniqlanadi va undan k ning qiymati aniqlanadi va sindirish ko‘rsatkichlari uchun jadvaldan A va V larning qiymati aniqlanadi. Aniqlangan A, V va k qiymatlar asosida o‘rtacha disspersiya aniqlanadi.
Topilgan disstillangan suvning va TK-21 ( TK - 20), TF-5, STF-58 markali shishalarning o‘rtacha disspersiyasi refraktometrning pasportidagi qiymatlari bilan solishtiriladi. Ularning eng katta farqi ± 1,5∙10-4 dan
Katta bo‘lmasligi kerak.

      1. Ko‘rsatkichlarni o‘xshashligini aniqlash.

Sindirish ko‘rsatkichi nD qiymatlarining o‘xshashligini har bir o‘lchash diapazoni uchun shkalaning boshlang‘ich, o‘rta va oxirgi uchta nuqtalarida distillangan suvning, namunaviy prizmaning va plastinkaning qiyoslanayotgan nuqtalarida o‘lchash orqali aniqlanadi. Buning uchun o‘lchash prizmasiga namunaviy prizma (plastinka) ni o‘rnatiladi yorug‘lik va qorong‘ilik chegaralarini X chiziqlar kesishishgan nuqtaga keltirib 5 marta o‘lchashlar olib boriladi.
Ko‘rsatkichlarni o‘xshashligini olingan natijalarning farqi asosida aniqlanadi. Sindirish ko‘rsatkichi nD bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘xshashligi ± 1∙10-
4 dan kichik bo‘lmasligi kerak.



  1. Download 1,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish