Innovatsiyalarning bola qobilyatini ro’yobga chiqarishi



Download 274,42 Kb.
bet2/13
Sana14.06.2022
Hajmi274,42 Kb.
#671130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xonigul

Tadqiqot maqsadi: ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishni nazariy jihatdan asoslash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Innovatsiyalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy va intellektual qobilyatini rivojlantirishga qaratilgan usul va uslublar ishlab chiqish, hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsiyalarning mazmunini aniqlash.
Tadqiqot ob’ekti: ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va bolalarning qobilyatlarini rivojlantirish jarayonida qo’llash.
Tadqiqot predmeti: ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning shakli va vositalari.
Tadqiqotning vazifalari:
1.Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish.
2.Innovatsion texnologiyalarni bola qobilyatlarini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash.
3.Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishni pedagogik jihatdanasoslash.
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsiyalarni tashkil etish jarayonini tahlil qilish;
5.Mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 7 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, jami 70 sahifani tashkil qiladi.


I Bob Maktabgacha ta'limda innovatsiyalarning roli

    1. Ta'lim jarayonida innovatsiyalarning ahamiyati

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2018-yilga faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab quvvatlash yili deb nom berishni taklif etdi. Davlatimiz rahbari innovatsiyaning ahamiyati tog'risida quyidagilarni ta'kidladi: «Innovatsiya bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashi-miz kerak». 2018-yilda Respublikamizda innovatsiyalarni rivojlantirishning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilandi: «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g'oya va ishlanmalarni har tomonlama qo'llab quvvatlash vazifasi e'tiborimiz markazida bo'ladi»
Demak, bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g'oyalar va texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga kirishishdan oldin «innovatsiya» so'zining ma'nosiga biroz to'xtalishni lozim topdik. Innovatsiya tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX asrlarda qo'llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa sohaga kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o'rganib firmalar foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida o'zlashtirishdi. Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo'g'inini yangilash bo'yicha umumiy belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega.
Ta'limdagi innovatsion texnologiyalar ta'limni tartibga solish, uni to'g'ri yo'nalishga yo'naltirish imkonini beradi. Odamlar har doim noma'lum va yangi narsalardan qo'rqib ketishgan, ular har qanday o'zgarishlarga salbiy munosabatda bo'lishadi. Ommaviy ongda mavjud bo'lgan, odatiy turmush tarziga ta'sir qiluvchi stereotiplar og'riqli hodisalarga olib keladi, ta'limning barcha turlarini yangilashga to'sqinlik qiladi. Odamlarning zamonaviy ta'limdagi yangiliklarni qabul qilishni istamasligining sababi qulaylik, xavfsizlik va o'zini o'zi tasdiqlash uchun hayotiy ehtiyojlarni blokirovka qilishdadir. Hamma ham nazariyani qayta o'rganish, imtihon topshirish, fikrini o'zgartirish, shaxsiy vaqt va pul sarflashga tayyor emas. Yangilash jarayoni boshlangandan so'ng, uni faqat maxsus texnikalar yordamida to'xtatish mumkin.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovotsion texnologiyalarning o’rni va ro’li benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi .
Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqa holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
“Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining:
-maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga;
-pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga;
-ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;
-o‘quv-metodik ta’minotiga;
-tarbiyaviy ishlar tizimiga;
-o‘quv reja va o‘quv dasturlariga;
-o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga bog‘liq.
Yangilik tarixiy aspektda nisbiylik ahamiyat kasb etadi. Yangilik aniq tarixiy xarakterga ega, ya’ni o‘z vaqtidan oldin paydo bo‘lishi mumkin, o‘z vaqtida me’yor bo‘lishi yoki eskirishi ham mumkin.Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlarida ta’lim va tarbiyaning bir vaqtda olib borilishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab, shu bilan birga rang-barangdir. Ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etish lozim.
Bolaga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni innovatsion texnologiyalar orqali “Bolajon” tayanch dasturlarining to‘liq bajarilishiga qaratilgan. Bu zamonaviy pedagogik texnologiya sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘proq muloqot va mashqlarga asoslangan o‘yin-mashg‘ulotga aylantirib, tarbiyachilarni yangicha usullardan foydalangan holda ishlashga undaydi.
MTM mashg‘ulotlarida ta’lim-tarbiya berishda interfaol usullardan foydalanishdan maqsad:

  • bolalarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish;

  • muammoli vaziyatlarni yecha olish ko’nikmasini rivojlantirish;

  • bolalarni faollashtirish;

  • ularda do‘stona munosabatlarni shakllantirish.


Download 274,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish