Innovatsiyalar vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


 Korxonanig tashqi bozorga chiqish usullari



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana08.02.2023
Hajmi0,8 Mb.
#909160
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Adizov E

2. Korxonanig tashqi bozorga chiqish usullari 
Eksport
bu – kapital, tovar va xizmatlarni ularni tashqi bozorda sotish uchun olib 
chiqishdir. Xalqaro savdoda eksportning bir necha xil turlari mavjud bo`lib, ulardan eng 
tarqalganlari mazkur mamlakatda tayyorlangan, ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan 
tovarlarni olib chiqish hisoblanadi. Xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni chet elga 
qaytarib kelish sharti bilan bojxona nazorati ostida olib chiqis h, shuningdek, vaqtincha 
ko`rgazma, yarmarka, kim-oshdi savdolari va hokazolarga chet eldan olib kirilgan 
tovarlarni olib chiqish ham katta ahamiyat kasb etmoqda. SHu munosabat bilan 
reeksport
tushunchasini – mamlakatga ilgari olib kirilgan va qayta ishlanmagan tovarlarni olib 
chiqishni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. 
Bevosita eksport
operatsiyalarini 
vositachilarsiz, mustaqil amalga oshirishni anglatadi. Bu holda xalqaro kompaniya chet 
ellik xaridorlar bilan bevosita shartnomalar tuzadi. YAkuniy xaridorlar bilan o`z 
distrib`yuterlar tarmog`i orqali ishlash ham mumkin. 
Bilvosita eksport
esa eksport 
operatsiyalarini xalqaro vositachilar yordamidan foydalangan holda amalga oshirishni 
anglatadi. Bunday vositachilar xalqaro marketing xizmatlarini ko`rsatar ekan, xalqaro 
savdo bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalarni o`z zimmasiga oladi. 
Tijoratni ko`chirish yoki bilim va intellektual mulkni berish.
Buni belgilash uchun 
xalqaro laysenzing
(litsenziyalash) atamasi qo`llanadi. Bunda bir mamlakatdagi 
intellektual mulk egasining egalik huquqini boshqa mamlakatdagi xaridorga belgilangan 
muddatda va ma`lum shartlar bilan berish tushuniladi.
Franchayzing – 
litsenziyalashning o`ziga xos shakli bo`lib, unga ko`ra bir tomon 
ikkinchi tomonga tijorat asosida ishlab chiqarish va (yoki) marketing texnologiyalari, 
nou-xau va tovar belgilariga litsenziyalarni beradi hamda buning uchun shartnomada 
kelishilgan miqdorda kompensatsiya oladi. 
Turli mamlakatlar korxonalari 
kooperatsiyasi
xalqaro hamkorlikning samarali 
shakllaridan biridir. Xalqaro marketing tajribalarining ko`rsatishicha, kichik korxonalar 
ham yirik sanoat firmalari bilan tashqi bozorga zarur bo`lgan yuqori sifatli mahsulotlarni 
nisbatan arzon narxlarda etkazib berish yo`li bilan raqobatlashishi mumkin. BMTning 
Evropa iqtisodiy komissiyasi ishlab chiqarish bo`yicha xalqaro kooperatsiya 
shakllarini quyidagicha tasniflaydi: 


11 
1. Kooperatsiya (litsenziya asosida), ya`ni litsenziyani hamkorga berish (sotish). 
2. Hamkorga doimiy ravishda ma`lum miqdorda detallar, tarkibiy qis mlar yoki tayyor 
mahsulot etkazib turgan holda kooperatsiya (litsenziya asosida). 
3. Bir vaqtning o`zida asbob-uskunalar, murakkab texnika va ishlab chiqarish-ombor 
binolarini lizing tartibida bergan holda kooperatsiya (litsenziya asosida). 
4. Birgalikda ishlab chiqarish, texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish 
dasturlarini taqsimlash, mahsulotni sotish va hokazolarni ko`zda tutadi. 
Raqobat bu — kishilarning avvalo iqtisodiy, shuningdek, jamiyat hayotining 
boshqa sohalaridagi jiddiy kurashdir. 
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan raqobat bu 
sotuvchilarning (ishlab chiqaruvchilarning) iste`molchilar talablarini qondirish uchun 
kurash, shuningdek, xaridorlarning eng qulay sharoitlarda o`zlari uchun eng foydali 
tovarlarni sotib olish uchun kurash hisoblanadi. Raqobat bir tomonidan iqtisodiyotning 
to`xtab qolishiga to`sqinlik qilib, jamiyat taraqqiyotining garovi bo`lsa, ikkinchi 
tomondan barqarorlikning yo`qolishi, mojarolar, bankrotga uchrash, xodimlarning ishdan 
bo`shatilishi raqobatning ajralmas qismlaridan biridir. e. Xabbardning obrazli 
ifodalashiga ko`ra: «Raqobat – savdoning hayoti va savdogarlarning o`limidir». Bizning 
mamlakatimizda raqobat haqida bozor islohotlarining o`tkazila boshlashi bilan gapira 
boshladilar. Shu sababli respublikamizdagi ishlab chiqaruvchi va vositachilarda raqobatli 
kurash olib borish bo`yicha tajribalar hali etarli emas. 
Bozorda raqobatning ikki xil turini ajratib ko`rsatish mumkin: 
1)
narxga bog`liq bo`lgan raqobat; 
2)
narxga bog`liq bo`lmagan raqobat. 
Dastlabki holatda raqobatchilar bilan kurash o`z tovarlari narxini tushirish vositasida olib 
boriladi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish