Innovatsiyalar vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana08.02.2023
Hajmi0,8 Mb.
#909160
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Adizov E

Narxga bog`liq bo`lgan raqobat 
sotuvchining ustunligi mavjud (talab taklifdan 
yuqori va xaridorlar o`rtasidagi raqobat kuchli) bo`lgan bozorlarda sof raqobat ustun 
bo`lgan (bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar soni ko`p) sharoitlarda, talabning 
o`zgarishi sust bo`lgan hollarda va kapitalning harakatlanishi unchalik yuqori bo`lmagan 
sharoitlarda qo`llanadi. Raqobat kurashining narx bilan bog`liq usuli samaradorligi 
yuqori emas, chunki raqobatchilar xuddi shu tarzda darhol o`z tovarlari narxini 
tushirishlari mumkin.


12 
Bundan tashqari, narx bilan o`ynash moliyaviy barqarorlikka imkon bermaydi, 
korxonani rejalashtirish va boshqarishni qiyinlashtiradi. Hozirgi sharoitlarda narx bilan 
bog`liq bo`lgan usulni qo`llash ayniqsa, yangi bozorlarga kirib borishda (masalan, yangi 
bozorga kirib borishda yaponlar narxlarni o`rtacha 10%ga kamaytiradilar) davom 
etmoqda. Biroq narxlarning pasaytirilishi bo`lajak foyda va rentabellik darajasi aniq 
hisoblab chiqishni talab qiladi (narxlarning pasaytirilishi daromadning o`sishiga olib kela 
oladimi yoki yo`qmi, shuni aniqlash kerak). 
Hozirgi rivojlangan bozor sharoitlarida raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan 
usuli – o`z tovarini raqobatchilarning o`xshash tovarlaridan ajratib ko`rsatish, unga 
xaridor uchun o`ziga xos bo`lgan xislatlar berish, texnik xizmat ko`rsatish darajasini 
oshirish, tovarlarni sotishning ilg`or shakllarini rivojlantirish, firma faoliyatining 
funktsional jihatlari va tuzilmasini takomillashtirish, xaridorlar so`rovlarining o`ziga 
xosligini hisobga olish kabilar afzal ko`rilmoqda. Buning uchun raqobatchilar yangi 
tovarlar chiqarish, ularni takomillashtirish, sifatini oshirish, turli xil qo`shimcha xizmatlar 
va sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish kafolatini taklif qilishdan foydalanadilar. Narx 
bilan bog`liq bo`lmagan raqobatda nisbatan moliyaviy barqarorlik ta`minlanadi va bu 
korxonani samarali boshqarishga imkon beradi.
Raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan usuli samaradorligi yuqoriro q, chunki 
raqobatchilar javob tariqasidagi xatti-harakatarni narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatdagi 
kabi tezlik bilan amalga oshira olmaydilar. Shuning uchun ham narx bilan bog`liq 
bo`lmagan raqobatni samarali raqobat deb ham atashadi. Narx bilan bog`liq b o`lmagan 
raqobat usuli narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatga nisbatan ko`proq kuch va moliyaviy 
xarajatlar sarflanishini talab qilsada, muvaffaqiyatga erishilgan hollarda bu xarajatlar 
to`la oqlanadi. Firmaning maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda raqobatli 
xulq-atvorning quyidagi variantlaridan biri tanlab olinishi mumkin: 
1)
yangi mahsulot, texnologiya, sotuv usullari, servis va reklamani yaratish; 
2)
yangilik yaratganlardan qisqa muddatda kam xarajatalr bilan «nusxa ko`chirib 
olish»; 
3)
erishilgan yutuqlarni sifatni oshirish, assortimentni kengaytirish kabi yo`llar bilan 
imkon qadar uzoq vaqt saqlab turish. 


13 
Firmaning ma`lum bir bozor segmentlariga xizmat ko`rsatishga moslashib olishi 
qoidaga ko`ra boshqa bozor segmentlarini yo`qotish yoki ularda muvaffaqiyatga erishish 
imkoniyatlarining pasayishi hisobiga erishiladi. SHunga asosan quyidagi raqobat 
strategiyalaridan biri belgilab beriladi:
Cheklangan raqobat strategiyasi
— raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, tor 
ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat. 
Lokal raqobat strategiyasi
— raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik (lokal) 
hajmli ehtiyojlarini maksimal darajada chuqur qondirishni nazarda tutadi. Ushbu 
strategiyaga amal qiluvchi kichik firmalar samarali asbob-uskunalar, ilmiy-texnik 
loyihalar va maxsus sohada bilimlarga ega bo`lmaydi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish