N utqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda, eng aw alo, unda
qo‘llangan til birliklarining adabiy til me’yorlariga
mos kelishi
tushuniladi. Darhaqiqat, madaniy nutqda hozirgi o'zbek adabiy tiliga
xos boTmagan, o'rinsiz birliklar boim asligi kerak. Ayrim kishilar
nutqida
sheva unsurlari, vulgar va varvar so'zlar, jargon va argo
ifodalari nome’yoriy tarzda qo'llanadi. Bunday nutqni toza va madaniy
deb bo'lmaydi.
Bular, asosan, dialektizm va varvarizmlar tilning sofligini
buzuvchi asosiy til unsurlari. T o'g'ri, ular ham tilimizda o'z o'm iga
ega.
Badiiy
adabiyotda,
kinofilmlarda
personajlar
nutqini
individuallashtirish uchun ulardan foydalaniladi. Bunday so'zlar
ma’lum bir badiiy-estetik vazifani bajarishga, muallifiiing ma’lum
g'oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Yoshulli saning
qizing bunda gapirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara,
badkirdor, na sababdan mundoq yomon so'zlarni elga tarqatding
(Mirmuhsm). Bunday imsurlar personaj nutqida o'zini oqlaydi. Lekin
muallif nutqida u nutq sofligiga putur yetkazuvchi vosita sanaladi.
Masalan:
So'ri g ‘ichirladi. Qudrat bobo damsar urdi. Yuzini silab
qo'yib, telpaginiyechdi...
(N.Qobul.)
Norasmiy
nutqda
rasmiy
uslubga xos
so'z
va
ibora
(kanselyarizm)lami, qo'shimchalami o'rinsiz ishlatish nutqning
sofligiga putur yetkazadi. Nutqni jonsiz qilib qo'yadi. Yozuvchi
A.Qahhor “Quyushqon” asarida bu haqda quyidagilami yozadi:
“...Hozirgi vaqtda,
tilimizning
boyligini, uning qochiriqlarini
o'rganishga eringan, so'z san’atiga himar deb emas, kasb deb
qaraydigan, bisotidagi bir hovuch so'zni yillar davomida aylantirib kun
ko'rib yurgan bir turkum qalam ahlining “faoliyati”, chala mulla ba’zi
olimlaming “ilmiy xulosa’la ri natijasida ajib bir til bunyodga kelgan.
Bu tilda hech kim gapirmaydi, zotan, gapirish mumkin ham emas, faqat
yozib, o'qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan narsani bir qiyomda
o'qimasdan ham iloj yo'q. Bu tilning hech qayerga yozilmagan,
lekin
amalda joriy boTgan temir qonuniga ko'ra, “Yaxshi ovqat yedim!” deb
yozib bo'lmaydi, albatta, “Sifatli ovqatlandim” deb yozish shart.
“Papiros chekadigan kishi gugurtni olib yurishi kerak” deb yozish
to 'g 'ri emas, “Papiros chekish odatiga ega boTgan kishi o'zini tegishli
gugurt bilan ta’minlab yurishi kerak” deb yozilsa to 'g 'ri bo'ladi.
Bu tilda latifa aytib bo'lmaydi, yozib bo'lmaydi! Bu tilda hazilga,
maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o'rin yo'q. Bu til har qanaqa
64
jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o'ynoqi
mazmunni taxtaga
tortadi, har qanaqa lektomi g'urbatning uyasiga, har qanaqa
auditoriyani o iik chiqqan hovliga aylantiradi.
Bir talay jumalistlar, redaktorlar, notiqlar, lektorlar, agitatorlar
singari bu
odam ham mazkur tilni rasmiy, qayerdadir tasdiqlangan til
deb bilar, bu tilda so‘zlanadigan o‘lik nutqqa jon kirgizgani qilinadigan
har bir harakatni “quyushqondan tashqari chiqish” deb hisoblar ekan.
Lektomi, agitatomi g‘urbatning uyasiga, nutqni og‘ir yukka
aylantiradigan bu “quyushqon”ni qancha tezroq uloqtirib tashlasak,
shuncha yaxshiroq! ”
Bunday nutqning yorqin namunasini adib o ‘zining “Nutq”
hikoyasida bera olgan.
Demak, rasmiy siyqa so‘z va iborani noo'rin ishlatish nutqning
notabiiyligini, ishonchsizligini keltirib chiqaradi.
Parazit so‘zlar deb ataluvchi lug'aviy
birliklar ham nutq
madaniyati uchun xos emas. Ular, asosan, so'zlashuv nutqida ko‘p
ishlatilib, notiqning o‘z nutqini kuzatib bormashgi, e ’tiborsizligi
natijasida paydo bo iad i va bora-bora odatga aylanib qoladi. Masalan,
ayrim kishilar o'zlari sezmagan holda
Do'stlaringiz bilan baham: