Innovatsiya-ziyo



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/109
Sana25.02.2022
Hajmi3,84 Mb.
#464441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

til madaniyati 
deyiladi. Til madaniyati millatning 
umumiy 
madaniyati 
hisoblanadi. 
Uning 
m a’lum 
bir 
kishi 
voqelantiradigan ko‘rinishi nutqdir. Nutqning mukammallik darajasi 
nutq 
madaniyati 
deyiladi. Nutq madaniyatida shaxsning til 
madaniyatidan foydalanish darajasi namoyon boTadi. Kishining 
umumiy madaniy saviyasi, bilim darajasi, intellektual salohiyati, 
farosati kabi omillar uning til madaniyatini o‘zlashtirib, nutq 
madaniyatiga aylantirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun 
tilimiz qanchalik go‘zal boTmasin, ba’zi kishilarning nutqini 
eshitganda beixtiyor qulog‘ingni berkitging keladi. Ayrim kishilar 
gapirganda so‘z topolmay qiynaladi. Bu uning til madaniyatidan 
foydalanishda zarur bo‘lgan o ‘qimishlilikning yetishmasligidir. 
Kimlardir tovushlami talaffuz qilishda qiynaladi. Birnda ulaming


sog‘lig‘i til madaniyatini voqelantirishiga imkon bermaydi. Shunday 
kishilar borki, ular so‘zlaganda sel bo‘lib ketasan. Bunday kishilami 
so‘z san’atkori deyishadi. So‘z san’atkorlari til madaniyatini 
mukammal darajada nutq madaniyatiga aylantira oladilar. Buning 
zaminida ulaming mashaqqatli mehnati ham yotadi. Demak, 
madaniyatning boshqa turlarida bolgani kabi til madaniyatini 
o‘zlashtirishda ham qobiliyat va mehnat muhim rol o‘ynaydi.
Tihiing madaniy taraqqiyotida millatning madaniy taraqqiyoti 
yotadi. 0 ‘zbek xalqi madaniyati bu darajada rivojlanmaganda tilimiz 
ham bunchalik ko‘rkli va rangin, serjilo bo‘lmas edi. Bobolarimiz 
dunyo 
sivilizatsiyasidan 
oziqlanib, 
moddiy 
va 
m a’naviy 
madaniyatimizni yuksak darajaga ko‘tardilar. 
Bu madaniyat 
namunalarini birma-bir sanab o‘tirmaymiz, albatta. Birgina misol 
keltiramiz. Rus sharqshunos olimi S.N.Ivanov “go‘zal fors mumtoz 
she’riyatining kichik singlisi bo‘lgan turkiy nazmiyot yuksalib, 
opasidan ham bo‘ychan bo‘ldi” degan go'zal o‘xshatish qilgan. Demak, 
fors adabiyotidan oziqlangan o‘zbek adabiyoti undan ko‘plab so‘z va 
iboralarni ham o‘zlashtirdi. 0 ‘zlashtirganda ham nafaqat yozilishini, 
balki talaffuzini ham aynan oldi. Shuning uchun hazrat Navoiy fors 
turkiycha so‘zlasa, fors ekanligi bilinib turadi, biroq forscha so‘zlagan 
turkiyni hech kim turkiy demaydi degan.
Til madaniyati jamiyatda mustahkam o‘mashgan boTib, hamma 
unga rioya qilishga majbur. O lz nutqida yuqorida ta’kidlangan o‘zbek 
tili madaniyatini emas, balki sun’iy ravish da o ‘zga til madaniyatini 
voqelantirishga intiluvchilar ham uchrab turadi. Uning nutqida 
qoTlangan so‘z va iboralar til madaniyatiga muvofiq emas ekan, uning 
nutqi ham madaniylikdan begona, o‘zi esa har qancha chiranmasin, 
ayrimlar o‘ylaganchalik “jaa madaniyatli” kishi emas.
Umuman olganda, til madaniyatining xususiy ko‘rinishi boTgan 
nutq madaniyatini yuksaltirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
E’tibor bergan boTsangiz, ommalashgan koreys seriallari 
dublyajida qahramonlar bir-biriga shunaqa chiroyli lutflar qilishadiki, 
men buning bolalar nutqiga qanchalik ta’sir qilganligini, ular ham 
shimday gapirishga uringanlarini kuzatganman. Demak, birinchidan, 
faqat til qoidalarini yodlatmasdan, jonli muloqot madaniyatini 
shakllantirishning turli ilg‘or vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga 
tatbiq qilish lozim. Ikkinchidan, bunda kattalaming ibrati muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada farzandlarini boloxonador qilib
8


haqoratlaydigan ota-onalarimiz ham yo‘q emas. Hashamatli uy, to ‘kis 
sharoit, so'nggi rusumli avtomobil, qimmatbaho kiyim-bosh va sayr-u 
sayohatlarnigina madaniyat deb biladigan, lekin Abdulla Qahhor ta’biri 
bilan aytganda, “ichida it o'lgan” kishilar ham uchrab turadi.
Norasmiy doiralarda har qanday tilda so‘zlashish ixtiyoriy bo‘lsa- 
yu, shevada gapirish aybmi? Faqat qayerda qanday gapirishni bilish 
kerak. Bu jamiyat a’zosining madaniy saviyasi bilan bog‘liq. Rus tilida 
anjuman bo‘layotganda bu tilni bila turib o‘zbek tilida so‘zlash jamiyat 
odobiga nomuvofiq bo'lgani kabi, rasmiy holatlarda ham shevada 
gapirish m a’qul emas. Oila bag‘rida, qarindosh-urug‘ huzurida, 
lahjadosh do‘stlar davrasida shevada so'zlashish nafaqat mumkin, balki 
zarur hamdir.
Umuman olganda, mukammal til madaniyatimiz mavjud. Undan 
foydalanish ko‘nikmasini o'stirish esa dolzarb m asalabo‘lib qolmoqda.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish