me’yoming yana bir xususiyati ulaming hamma bilan muloqotda ham
birday qo‘llanavermasligi.
Ta’lim-tarbiya adabiy nutq m e’yorini ommalashtirish va singdirish
bilan shug'ullanadi. Adabiy nutq m e’yorlarini ishlab chiqish va ularga
rioya qilish davlat siyosatining tarkibiy qismiga kiradi. Chunki ko‘p
lahjali va shevali xalqlarda adabiy nutq milliy yaxlitlikni ta’minlash
vositasi sanaladi. Milliy yaxlitlik esa taraqqiyot garovi,
mamlakat
rivojiga xizmat qiladi.
Adabiy nutq me’yori tilning ichki
qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, fan tomonidan ishlab chiqiladi.
Bunda tilning tabiiy rivojlanish tamoyillari asos qilib olinadi. Me’yorda
sun’iylik bo'lsa, u jamiyat tomonidan amal qilinmaydigan jonsiz qoida
sifatida ishlamay qolaveradi.
Adabiy nutq me’yorlariga qat’iy rioya qilish qo'llanishning rasmiy
holatlariga xos. Masalan,
ish yuritish, OAV, noshirlik, ta’lim, rasmiy
yig'ilish, majlis va anjuman va h.k.lar adabiy
nutq qoilanishi shart
bo'lgan rasmiy vaziyatlarda tashkil etiladi. Norasmiy holatlarda
nutqning noadabiy yoki adabiy shakliga rioya qilish erkin bo‘lib, ular
so'zlovchilaming xohish-istagi, madaniy
saviyasi va dunyoqarashiga
bog'liq bo'ladi.
Mutaxassislar tilning m e’yorlarini quyidagicha tasniflashadi:
a) umumiy me’yor;
b) xususiy m e’yor.
Umumiy m e’yor, masalan, o'zbek tilining barcha ko'rinishlari
uchun xos bo'lsa, xususiy me’yor tilning har bir shakli (og'zaki va
yozma, adabiy va shevaga oid, kasbiy va sohaviy) uchun daxldor
bo'ladi. Ulami umumlashtirgan holda nutq m e’yorining
quyidagi
turlarini ajratish ma’qul:
• adabiy nutq m e’yori;
a) yozma adabiy nutq me’yori;
b) og'zaki adabiy nutq me’yori;
1) shevaviy nutq m e’yori;
2) tor ijtimoiy guruhlar nutq m e’yori.
Adabiy nutqning qat’iy belgilab qo'yilgan me’yori - imloviy
me’yor. Bu me’yor tilning imlo qoidalari bilan belgilanadi. O'zbek
lotin alifbosidagi imlo qoidalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan tasdiqlanadi. Imlo qoidalari asosida imlo lug'atlari chop
etiladi.
44
Adabiy nutqning ikkinchi muhim me’yori - tinish belgilarini
qo‘llash qoidalari.
Adabiy nutqning og‘zaki shakli
talaffuz qoidalari asosida
belgilangan. Talaffuz qoidalari asosida talaffuz lug'atlari yaratiladi.
Umuman olganda, tilning, xususan, o'zbek adabiy nutqi me’yorlari
sifatida quyidagilami ajratish mumkin:
• fonetik m e’yor;
• talaffuz me’yor;
• leksik-frazeologik m e’yor;
• grammatik me’yor:
a) morfologik m e’yor;
b) sintaktik m e’yor;
• imlo me’yor;
1) yozuv me’yori;
2) punktuatsion m e’yor;
3) uslubiy me’yor.
Fonetik m e’yor. 0 ‘zbek umumxalq tilida unli va undoshlar soni
ko‘p. Bu hali oxirigacha tadqiq qilinmagan. Ba’zi olimlar o‘zbek tilida
8 ta, ayrimlari 12 ta, boshqalari 18 tagacha unli borligini aytishadi.
Lekin hozirgi o‘zbek adabiy nutqi uchun 6 ta unli va 24 ta undosh
tovushning qoTlanishi me’yor hisoblanadi. Bu tovushlar yig'indisi
o ‘zbek tilida so‘zlashuvchilaming talaffuz
va yozishdagi umumiy
imkoniyatlaridan kelib chiqqan va ehtiyojlarini toTa qondirib kelayotir.
Biroq olimlar tomonidan turli til va nutq madaniyatiga bag'ishlangan
anjumanlarda adabiy nutq me’yorlarini takomillashtirish bo‘yicha
takliflar aytilmoqda. Masalan, o‘zbek tilini turkiy xalqlar bilan
yaqinlashtirish maqsadiday harfmi
Do'stlaringiz bilan baham: