Innovatsiya-ziyo


MULOQOTDA TINGLASH VA SUKUT MADANIYATI



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/109
Sana25.02.2022
Hajmi3,84 Mb.
#464441
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

MULOQOTDA TINGLASH VA SUKUT MADANIYATI
Nutqiy muloqotda so‘z!ovchi va tinglovchining o ‘mi benihoya 
katta, har ikkala tomon ham o‘z-o‘zicha mustaqil maqsadga ega bo‘ladi. 
So‘zlovchi har qanday NMda nimanidir aytishni maqsad qiladi, bu 
maqsad tinglovchi tasaw urida nima uchun va nima niyat bilan 
so‘zlanilayotganini his etishdan iborat. Muloqotning samaradorligi ana 
shu ikki qirra (so‘zlovchi va tinglovchi) ning qanchalik o ‘zaro mosligi, 
bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq. So‘zlovchi m a’lum bir axborotni 
tinglovchiga yetkazishda uni turli shakllarda berishni o‘ z oldiga maqsad
125


qilib qo‘yadi va bunda u quyidagi maqsadli usullardan foydalanishi 
mumkin:
1) axborot yetkazish;
2) iltifot ko'rsatish;
3) boshqaruv (regulyativ);
4) xitob (apelyativ);
5) ta’sir etish;
6) hayajon;
7) maslahat, undash;
8) tabriklash va h.k.
Tinglovchining maqsadi - tinglash. Mashhur amerikalik notiq 
psixolog Deyl Kamegi “Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, 
balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda, aynan shu 
qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi.
Tinglash - muloqotning eng muhim komponenti. Tinglash 
san’atini puxta egallamagan kishi hech qaehon sogTom munosabat 
o'rnata olmaydi. Tinglay bilmaslik og‘ir ma’naviy va, hatto, sezilarh 
iqtisodiy zarar keltirishi ham mumkin. Afsuski, muloqot ishtirokchilari 
ko‘p hollarda tinglash kuchli psixik vosita ekanligini unutib qo‘yishadi. 
Suhbatdosh so‘zlarini eshitamiz, ammo 
eshitish 
va 
tinglash 
bir xil 
narsa emas.
Tinglash - faol jarayon, u fikming m a’nosini, so'zlovchining 
maqsadini anglashga intilish kabilami o‘z ichiga olgani bois tushunish 
bilan chegaradosh. Tinglashni ikki guruhga ajratish mumkin:
a) refleksiv;
b) norefleksiv.
Refleksiv tinglashda adresat so‘zlovchi fikrini uqishga, o‘ziga 
singdirishga, uning bayoniga, aw alo, har xil ifodaviy usullar (yuz, 
ko‘z, va boshqa a ’zolaming har xil holati) bilan munosabat bildirish 
(asosan, uqish, anglash, o‘zlashtirish, hayrat, tushunmaslik kabilar) ga 
qaratilgan boTadi. Refleksiv tinglashda adresat muloqotga so‘zlovchi 
mavqeyida kirishganda uning fikri kommunikator (so‘zlovchi) bayoni 
bilan uzviy bogTiq boTadi.
Norefleksiv tinglash so‘zlovchi kuchli emotsional kechinma 
(musibat, alam yoki aksincha shod-xurramlik) lami boshdan 
kechirayotganda va tushunadigan tinglovchiga muhtoj boTganda 
qoTlanadi, ya’ni suhbatdosh o ‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashmoqchi 
boTganda ishlatiladi.
126


Norefleksiv tinglashda javoblar minimallashtiriladi. Ular neytral, 
suhbatdoshni o‘z fikrini davom ettirishga undaydigan bo‘Iishi kerak. 
Ulaming eng keng tarqalganlari “Shundayxni?”, “Davom eting, bu juda 
qiziq-ku”, 
“Ha, ha tushunyapman”, 
“Buni eshitishdan juda 
xursandman”, “Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh”, “Shimaqa gaplar deng” kabilar. 
Bimday javoblar suhbatdoshni ruhlantiradi.
Tinglashning ham xuddi so‘zlashdagi kabi texnikasi, usullari bor. 
Masalan, so‘zma-so‘z qaytarish yoki boshqacha talqin qilish. Birinchisi 
suhbatdoshni 
qo‘ llab-quvvatlashni 
biidiradi. 
Ikkinchi 
usul 
-
so'zlovchining so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani muxtasar
o ‘zining talqinida ifoda etish. Bundan tashqari, tinglash jarayonida 
“Yo‘g ‘-e?’\ “Nahotki?”, “Yashang!”, “Qarang-a!”, “Qoyil!” kabi 
luqmalar bilan suhbatdosh so‘zlashga undab turiladi.
Mutaxassislaming aniqlashicha, ishlayotgan kishilar vaqtning 45% 
ini kimlamidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy 
muloqotda boiadigan - savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, 
muxbirlar 35-45% oylik maoshlarini odamlami tinglaganliklari uchim 
olar ekanlar. Bundan xulosa chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin 
tarkibiy qismidan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga so‘zlashga 
nisbatan ko‘proq foyda keltirar ekan.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg'u bilig” dostonida tinglashning foydasi, 
so‘zlash mas’uliyatining kattaligi xususida shunday fikr biidiradi:

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish