S
|
N
|
T
|
D
|
B
|
|
1.Kashfiyotlar asosida butunlay yangi tovarni yaratish
|
+
|
|
+
|
|
+
|
|
2.Nou-xau asosida ishlab chiqilayotgan tovarni takomillashtirish
|
+
|
|
|
|
|
|
3.Kashfiyotlar asosida yangi texnologiyani tadbiq etish
|
|
|
+
|
|
|
|
4.Nou-xau asosida amaldagi texnologiyani takomillashtirish
|
|
|
+
|
|
|
|
5. Nou-xau asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirish
|
|
|
+
|
|
|
|
6. Nou-xau asosida mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish
|
|
|
+
|
|
|
|
7.Menejment tizimini shakllantirish yoki takomillashtirish
|
+
|
|
+
|
+
|
+
|
|
8.Tashkilot (xom ashyo, materiallar, butlovchilar va h.k)ning “chiqish” sifatini yaxshilash
|
+
|
|
|
|
|
|
9.Tashkilotning tashqi muhit bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish
|
+
|
|
+
|
|
|
|
10.Taktik marketing vazifalari (reklama, tovarni bozorga tomon harakatlantirishni rag‘batlantirish tizimi)ni takomillashtirish
|
|
|
|
|
+
|
|
11.Iste’molchidagi tovar servisi sifatini oshirish
|
|
|
|
+
|
|
|
12.Tashkilot tovarlarining mavjud bozorini kengaytirish
|
|
+
|
|
|
+
|
|
13.YAngi bozorni o‘zlashtirish
|
|
|
|
|
+
|
|
Eslatma: “+” belgisi tashkilotning tegishli strategiyasini amalga oshirish uchun innovatsiyalarni amalga oshirish zarurligini bildiradi.
Tashkilotning strategiyalari va maqsadlariga muvofiq ular har xil birlashishlari mumkin. Masalan, sifatning oshishi, solishtirma narxning pasayishi, tannarxning pasayishi, sotuv hajmining o‘sishi, mavjud yoki o‘zlashtirilgan yangi bozorning kengayishi.
Tushunamizki, tovarning sifati saqlanib qolinganda iste’molchining foydalanish harajatlari o‘zgarmaydi; sifatni oshishida ishlab chiqaruvchining harajatlari o‘sishiga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda iste’molchining harajatlari kamayadi; kashfiyotlar asosida yangi tovarni kiritish sifatini oshishi va tovar tannarxini pasayishiga olib keladi.
Loyihaviy jamoani – innovatsion guruh yoki vaqtinchalik ijodiy guruhni shakllantirish tadbirlari va ijtimoiy boshqaruvga yangilik kiritish muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi. “Jamoa” yoki “loyiha guruhi”ni tanlash norasmiy ijtimoiy-ruhiy yondashuvlarga asoslangan.
Bu erda hamma narsa: kommunikatsiya va etakchilik muammolari, xodimlarni undovchi sabablar va epchillik bilan javob berish, kishilarning xulqini boshqarish va kutilmagan muammolar va janjalli vaziyatlarni hal etish muhimdirInnovatsion guruhni tanlash, odatda, loyiha rahbarining zimmasiga yuklanadi. Uning vazifasiga mutaxassislarini kasbiy va ijtimoiy-psixologik sifatlari bo‘yicha tanlov kiradi.
Loyiha “jamoasi” yarim doimiy asosida shakllantiriladi, bu erda doimiy “ o‘zak” faqat ushbu muammo ustida ishlovchi mutaxassislar va “jamoa”ga vaqtincha biriktirilishi ehtimoli bo‘lgan qo‘shimcha texnik xodimlar, muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Ushbu loyiha ustida ishlash uchun “jamoa”ga berilgan resurslar, tajriba uskunalari jalb etish ham keng qo‘llaniladi, ular ijaraga berish va markazlashtirilgan fonddan vaqtincha berilishi mumkin.
Tabiiyki, xodimlar “o‘zagi”, uning rahbari, vaqtinchalik jamoa va texnik mutaxassislarning vazifalari farqlanadi. Maqsadlarning birligi, faoliyat natijalaridan qat’iy nazar kasbiy va insoniy birdamlik zarurligi va foydaliligiga ishonch bunday “jamoa” faoliyatida eng muhim tamoyillardan hisoblanadi. Bunday tamoyillar asosida kelgusi shaxslararo muloqot, qulay axloqiy muhit va albatta novator ijodini qo‘llab-quvvatlash mumkin.
Innovatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan vazifalarining ko‘p jihatliligi unga turli toifadagi xodimlarni kiritishni ko‘zda tutadi, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh - ijodiy tashabbuskorlikni namoyon etish, ajoyib g‘oyalarni ilgari surishga qodir yuqori malakali novator olimlar. Novator-menejerlar yangilik kiritishni jarayon sifatida boshqarishlari, yangiliklarni g‘oyadan aniq tijorat natijasigacha siljishini ta’minlashlari zarur. Xuddi ular noaniq sharoitlarda qarorlar qabul qilishlari, moliyaviy va tadbirkorlik tavakalchiligiga borishlari, innovatsion faoliyatni boshqarishdagi tashkiliy-ruhiy qiyinchiliklarni engib o‘tishlari lozim.
Agar novator olim va loyihaning rahbari malakali xodimlar “o‘zagi”ni tashkil etsa, uning yonida yangiliklarni aniq amalga oshirishi uchun javobgar xodimlarning ikkinchi guruhi - eng ko‘p sonli guruhi joylashadi. Bunda “chet” innovatsion faoliyatning zaruriy tarkibiy qismi bo‘ladi. Loyihaning umumiy samaradorligi unga bog‘liq. Ko‘llab-quvvatlash tizimini ta’minlovchi malakali xodimlarning bu guruhi ko‘pincha “ilmiy darvozabonlar” yoki “bozor darvozabonlari” deb nomlanadi.
Xuddi shu xodimlar tashqi muhit va ichki imkoniyatlarni ta’minlaydilar, innovatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy faoliyatni qo‘llaydilar. YUqori rahbariyat loyiha “jamoasi”ga xodimlar harakatlari ustidan batafsil, bosqichma-bosqich va yaxlit nazoratni qo‘llash mumkin emasligini tushunishlari zarur. Bunday “jamoa“ a’zolarini faqat favqulodda holatlarda boshqa ishga ko‘chirish mumkin. Loyiha rahbarining tutgan o‘rni ham ijtimoiy-ruhiy nuqtai nazardan muhimroq bo‘ladi. Resurslarni taqsimlash, ularni boshqarish, aniq muddatlar qo‘yish huquqi rahbar shaxsiy hokimligining hal qiluvchi standartlaridan biri hisoblanadi. Agar yuqori rahbariyat yoki xodimlar loyiha rahbarining egallagan o‘rni buzilsa, unda bunday “jamoa”ning mavjuligi amalda yo‘qoladi.
Loyiha rahbari haqida ham shuni aytish mumkinki, uning mavqei yuqori rahbariyatdan past bo‘lgan holda, u aniq holatni yaxshiroq bilishi, konstruktivroq g‘oyalarni ilgari surishi, loyihani tezroq amalga oshirish uchun samarali usullarni qo‘llashi mumkin.
Tadqiqot guruhlari ishida masalalarni hal etish, guruh a’zolari xulq-atvorini baholash va umuman ular ishining samaradorligiga oqilona yondashishga rioya etish zarur. Maqsadni ko‘zlash, loyihani rivojlantirish va qarorlar qabul qilishning rasmiy tezkor tizimi to‘liq oqilona yaratilishi kerak, ijodiy shaxsiy xususiyatlar, norasmiy usullar va nostandart yondashuvlarni muvofiq integratsiyalashdan iborat bo‘lishi kerak. Rejalashtirish, boshqaruv qarorlari va nazorat ichida “jamoa” ishtirokchilarini ijodiy va rolli taqsimlanishi sodir bo‘ladigan asosini yaratdi. Guruhni samarali ishlashi uchun ishonch va hamdardlik ishchi muhitini yaratish, xodimlarni ijodga rag‘batlantirish zarur.
Xulosa.
Yangiliklar kiritish innovatsion menejmentning obyekti sifatida. Innovatsion menejment O‘zbekistondagi tadbirkorlarga va ilmiy ommaga nisbatan yangi tushunchadir. Aynan shu vaqtda O‘zbekistonda yangiliklar
ko‘payib ketmoqda. Iqtisodiyotni boshqarish formalari o‘rniga boshqa yangi uslublar va shakllar paydo bo‘lmoqda. Bunday sharoitda mazkur faoliyat
bilan davlat organlaridan tortib pastki tabaqalardagi korxonalar ham kichik
biznes shaklida shug‘ullanmoqlari lozim. Maxsus adabiyotlarda va rasmiy
hujjatlarda ko‘p hollarda iqtisodiyotning markazdan boshqarishga taalluqli
bo‘lgan tushunchalar, ya’ni ilmiy-texnikaviy progresslarni boshqarish, ilmiytexnik yutuqlarni ishlab chiqarishda qo‘llash kabi tushunchalar qo‘llanilar
edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat korxonalari yuridik va iqtisodiy
erkinliklarga ega, shu sababli hech qanday kiritishlar haqida (davlat tomonidan) gap bo‘lishi mumkin emas. Bu prinsip orqali innovatsion menejment oblastidagi alohida tushunchalardagi farqlarni tushunish mumkin.
Innovatsion so‘zining ma’nosi ingliz tilidagi «innovatsion» so‘zidan
olingan bo‘lib, yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu
yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni
tushunish lozim. Yangilikni bozorga kiritish jarayonini tijoratlashish jarayoni
deb atash lozim. Yangilikning paydo bo‘lishi va uni hayotga tatbiq etilishi
oralig‘idagi vaqt innovatsion loyihasi deb ataladi. Kunlik amaliyotda, odatda, yangiliklar, yangilik kiritish, innovatsiya tushunchalarini o‘xshatish ko‘p
uchraydi, qachonki har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va
metodlar xillari tarqalishiga qabul qilinsa (tijoratlashish) o‘shanda xalq
ommasi tomonidan tan olinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tah- did, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — T.: O‘zbekiston, 1997.
2. Y.Abdullayev. «Bozor iqtisodiyoti», 1996.
3. M.Rasulov. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». — Toshkent: O‘z- bekiston, 1999.
4. M.Sharifxo‘jayev, Y.Abdullayev. Menejment. Darslik. Tosh- kent: O‘qituvchi, 2001.
Internet manzillar.
1. www.ziyo.net
2. www.arxiv.uz
3. www.aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |