5 Amaliy. Boshlang`ich ta`limda innovatsion texnologiyalar.
Innovatsiya haqida tushuncha.
Boshlang`ich ta`lim haqida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo`llari.
Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi. Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.
“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.
Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi
Darsning oldindan loyihasi, ya`ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o‘quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta`minlash, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta`lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar.
“Barkamol avlod yili” Davlat Dasturi. – T.: O‘zbekiston, 2010.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: “Sharq”, 1998
Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o‘quv-uslubiy qo‘llanma). – Qarshi: Nasaf, 2011.
Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta’limga tayyorlash . Maktabgacha ta’lim. – T., 2005.
Axmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil qilish . Bola shaxsini rivojlantirishning dolzarb muammolari mavzusidagi II xalqaro anjuman. – T.: 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |