JIZZAX VILOYATINING TURLI EKOTIZIMLARIDAGI IJTIMOIY-
IQTISODIY MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION ECHIMI
Sanayeva Lola SHukurboevna
b.f.n. dotsent v.b.,
Almatov Jasur Mirzaevich,
tadqiqotchi o`qutuvchi
Mirzayeva Maxbuba Axtamovna,
mustaqil tadqiqotchi
,
Jizzax Davlat Pedagogika Iinstituti
Jizzax viloyati tabiiy jixatdan turli ekosistemalarni o‘zida birlashtirgan viloyat
xisoblanadi. Hudlarida xam tog‘, cho‘l, ko‘l, tog‘ yon bag‘ri kabi tizimlar mavjud
tumanlari asosan Qizilqum cho‘li, Turkiston, Nurota va Molguzar tog‘ tizmalari
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
231
bag‘rida joylashgan Forish, Zomin, G‘allaorol, YAngiobod, Baxmal, Mirzacho‘l va
Arnasy tumanlari xisoblanadi. Jizzax viloyati tumanlarining ma’muriy-hududiy
tarkibidagi 561 ta qishloqlardan 80 foiz xam viloyatning tog‘ va tog‘ oldi
hududlarida joylashgan.Keyingi yillarda ushbu tumanlarni iqtisodiy ijtimoiy
rivojlantirish borasida etarli darajada qoror va dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lsada bu
tumanlarning markazdan va magistral yo‘llardan uzoqligi ushbu xududlarning
kompleks rivojlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Gqrig ekotizimlardagi tabiatnnig nixoyatda boyligini, fauna va florasida noyb va
endemik turlarning ko‘pligini xamda ushbu xududlarda qo‘riqxona,milliy tabiat bog‘i
va o‘rmon xo‘jaligi erlarinnig mavjudligini, xatto qizilqum cho‘lida xambiosfera
rezervatinnig mavjuligini xisobga olsak bu joylardagi axolini ish bilan ta’minlash,
ularnnig iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash joylarda turizmni yo‘lga
qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb xisoblaymiz.
O‘zbekistonda keyingi yillarda turizmga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga
chiqrildi va ushbu soxa iqtisodiyotning strategik bo‘g‘ini sifatida e’tirof etildi. Ya’ni,
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal
rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush
darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni
ta’minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Viloyatning qishloq hududlarida turistik maskanlardan, ya’ni arxeologik
yodgorloklar hamda madaniy meros ob’ektlari tumnlar kesimida taqqoslanganda xam
yuqorida qayd etgan tumanlardagi ko‘rsatkichlarning yuqorilinigi ko‘ramiz.
Viloyatda joylashgan jami 267 ta madaniy meros ob`eklarida arheologik
yodgorliklar joylashgan o‘rnini qishloqlar kesimida taqqoslvngvedv Jizzax shaxar
va tumaniga 49 ta, Zomin tumaniga 77 ta, Forish tumaniga 16 ta, Zarbdor tumaniga
12 ta, G‘allaorol tumaniga 38 ta YAngiobod tumaniga 18 ta va Baxmal tumaniga 56
ta ob`ekt to‘g‘ri keladi. Shuningdek, tarixiy obida va muqaddas ziyoratgoh
yodgorliklarni ham taxlil qilsa bu Forish tumaniga 7 ta, Zomin tumaniga 9 ta, Jizzax
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
232
tumaniga 10 ta, G‘allaorol tumaniga 6 ta, Baxmal tumaniga 6 ta, YAngiobod
tumaniga 1 ta va Mirzacho‘l tumaniga 1 ta to‘g‘ri keladi. SHunga ko‘ra viloyat turli
ekotizimlaidagi tumanlarning turizm saloxiyatini 3 ta daraja (kategoriya)ga ajratish
mumkin.
Turizmning tarixiy-tanishtiruv yo‘nalishinig rivojlantirish istiqbollarini yuqori
(1-kategoriya), o‘rtacha(2-kategoriya) va past (3-kategoriya) darajalarga bo‘lib
chiqildi, unda 1-darajaga Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Jizzax tumanlari qishloqlari
kiradi, 2-darajaga Forish, YAngiobod tumanlari va nisbatan past darajaga Zarbdor,
Mirzacho‘l va qolgan tumanlarini kiritishimiz mumkin bo‘ladi. Biroq, shuni
ta’kidlash lozimki, viloyatdagi barcha tarixiy obeklarni yaxshi o‘rganilgan yoki
turizm infratsrukturasi talablari darajasida deya olmaymiz. Ushbu hududlar ustida
arxeologik tekshiruvlar o‘tkazilishi va ularni qayta ta’mirlanishi yuzasidan chora
tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
Ushbu ko‘rsatkichlarga sabab qilib 1-darajadagi turizmni rivojlantirish imkoni
mavjud bo‘lgan G‘allaorol, Baxmal va Zomin tumanlari SHimoliy G‘rbiy Turkiaton
va Molg‘uzat tog‘ tizmalari yon bag‘irlari va etaklarida joylashganligi bo‘lib
etnografik va tarixiy jihatdan daslabki, qadimiy qishloqlardan hisoblanadi. O‘rtacha
darajadagi turistik imkoniyatlarga ega bo‘lgan hududlarda nisbatan obektlar kam
bo‘lib buni ularning tarixiy jihatdan nisbatan yangiligi va 3-darajadagi imkoniyatga
ega hududlar yaqin 50 yillar ichida tashkil qilingan tumanlar ekanligi bilan bog‘liq.
Tog‘ yon bag‘rida joylashgan tumanlarning tabiati va iqlimi bu joylarga azaldan
turizm industriyasi shakillanganligi va endilikda ularni jahon standartlariga ko‘ttarish
masalalari turibdi. Past va o‘rtacha turistik imkoniyatga ega hududlarga esa
turizmning ovchilik, baliqchilik, ekoturizm, sport sog‘lomlashtirish, etnografik turizm
kabi turlari bilan birga agroturizmni rivojlantishish mumkin. CHunki Jizzax viloyati
iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etaganligi, ya’ni qishoq aholisining
asosiy qismi ham bog‘dorchilik, chorvachilik va lalmikor donchilik bilan
shug‘ullanib keladi. Jumladan, G‘allaorol tumani g‘alla etishtirishga, Forish -
uzumchilikka, Baxmal tumani olma, Zomin esa donli ekinlar etishtirishga
INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM
Стр.
233
ixtisoslashgan bol`sa Mirzacho‘l, Do‘stlik, Paxtakor, Zarbdor tumanlarining asosiy
qishloq ho‘jaligi mahsulotlariga jumladan, paxtachilikka ixtisoslashgan.
Ko‘rinib turibdiki viloyatdagi turistik saloxiyatni ancha yuqori bo‘lib turistlar
oqimini oshirish orqali xududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |