85. Innovatsionjarayonlarvazamonaviybiznesmodellari. Faqatgina katta imkoniyatga ega, ilmiy-tadqiqot bazasi, kuchli va uzoq muddatli ilmiy - tadqiqot dasturlari mavjud kompaniyalargina, bozorda chindan ham raqobatlasha olishlari mumkin. Genri Chesbro tomonidan “yopiq innovatsiyalar” paradigmasi, deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni faqatgina o’zlarining ichki imkoniyatlariga tayanib ish ko’rishga majbur qiladi. Ular ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta sarmoya kiritganliklari bois, bozorga ildam kirib borish tavsifiga ega bo’lgan kashfiyot va ixtirolarga ega bo’ladilar. Bunday kashfiyotlar mazkur kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish evaziga mahsulot va xizmatlar savdosining katta hajmini qo’lga kiritish va ulardan yuqori daromad olishni ta’min etadi.
“Ochiq innovatsiyalar”atamasi dastlab Genri Chesbro tomonidan 2003 yilda ilmiy muoamalaga kiritilgan. Ochiq innovatsiyalar ichki innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun mo’ljallangan axborot oqimlaridan foydalanishni, shuningdek, innovatsiyalardan yanada samarali foydalanish uchun bozorlarni kengaytirishni nazarda tutadi. Ochiq innovatsiyalar nazariyasi tadqiqotlarni amalga oshirish va ishlanmalarni ishlab chiqish jarayonlarini ochiq tizim sifatida baholaydi. Kompaniya nafaqat o’zining ichki ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarining natijasi sifatida yangi g’oya va mahsulotlar bilan bozorga kirib borishi, balki hamkorlikda boshqa tashkilot va korxonalar bilan ham bozorda o’z faoliyatini kengaytirishi ham mumkin.
86.Innovatsionmuhittushunchasivauning tuzilmasi. Mamlakatimizda innovatsion g’oyalarning tug’ilishiga va ularni tijoratlashtirishga yordam beruvchi to’laqonli innovatsion muhit mavjud emas. Bu innovatsion rivojlanish sohasida mustahkam qonunchilik bazasining yaratilmaganligi bilan bog’liq. Bu muammolarning echimi bizning fikrimizcha quyidagi ikkita holat bilan bog’liq. Bu, birinchidan, bugungi kunda dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida shakllanib ulgurgan milliy innovatsion tizimlarning tarkibiga kiruvchi institutlar va tashkilotlarning umumiyligi sifatida innovatsion taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi tashqi shart- sharoitlarni yaratish zaruriyati bilan belgilansa, ikkinchidan esa,xo’jalik yurituvchi subyektlarda butun bir innovatsion tsikl davomida g’oyalarning tug’ilishi va ularning tijoratlashuviga imkon beruvchi innovatsion salohiyat - ichki muhitning mavjudligi bilan belgilanadi. Innovatsion muhit sifatida baholanuvchi ichki muhit va tashqi shart-sharoitlarning o’zaro uyg’unligi samarali innovatsion faoliyatni amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi.
Innovatsion jarayon barcha bo’g’inlarining samarali faoliyat ko’rsatishini ta’min etuvchi zaruriy innovatsion muhitni yaratish uchun innovatsiyalarni amalga oshirishning barcha ichki va tashqi omillarini o’zaro hamohanglikda rivojlantirish talab etiladi.
Innovatsion muhit:
1.Innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirishni ta'minlaydigan ichki muhitni shakllantirish - Innovatsion salohiyat
2.Innovatsion rivojlanishga yordam beradigan tashqi muhitni shakllantirish - Milliy innovatsion tizim.