Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir



Download 321,06 Kb.
bet18/34
Sana13.10.2022
Hajmi321,06 Kb.
#852697
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
Innovatsion Yakuniy

85. Innovatsion jarayonlar va zamonaviy biznes modellari.
Faqatgina katta imkoniyatga ega, ilmiy-tadqiqot bazasi, kuchli va uzoq muddatli ilmiy - tadqiqot dasturlari mavjud kompaniyalargina, bozorda chindan ham raqobatlasha olishlari mumkin. Genri Chesbro tomonidan “yopiq innovatsiyalar” paradigmasi, deb nomlangan ushbu paradigma kompaniyalarni faqatgina o’zlarining ichki imkoniyatlariga tayanib ish ko’rishga majbur qiladi. Ular ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga katta sarmoya kiritganliklari bois, bozorga ildam kirib borish tavsifiga ega bo’lgan kashfiyot va ixtirolarga ega bo’ladilar. Bunday kashfiyotlar mazkur kompaniyalarga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish evaziga mahsulot va xizmatlar savdosining katta hajmini qo’lga kiritish va ulardan yuqori daromad olishni ta’min etadi.
Ochiq innovatsiyalar” atamasi dastlab Genri Chesbro tomonidan 2003 yilda ilmiy muoamalaga kiritilgan. Ochiq innovatsiyalar ichki innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun mo’ljallangan axborot oqimlaridan foydalanishni, shuningdek, innovatsiyalardan yanada samarali foydalanish uchun bozorlarni kengaytirishni nazarda tutadi. Ochiq innovatsiyalar nazariyasi tadqiqotlarni amalga oshirish va ishlanmalarni ishlab chiqish jarayonlarini ochiq tizim sifatida baholaydi. Kompaniya nafaqat o’zining ichki ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlanmalarining natijasi sifatida yangi g’oya va mahsulotlar bilan bozorga kirib borishi, balki hamkorlikda boshqa tashkilot va korxonalar bilan ham bozorda o’z faoliyatini kengaytirishi ham mumkin.
86.Innovatsion muhit tushunchasi va uning tuzilmasi.
Mamlakatimizda innovatsion g’oyalarning tug’ilishiga va ularni tijoratlashtirishga yordam beruvchi to’laqonli innovatsion muhit mavjud emas. Bu innovatsion rivojlanish sohasida mustahkam qonunchilik bazasining yaratilmaganligi bilan bog’liq. Bu muammolarning echimi bizning fikrimizcha quyidagi ikkita holat bilan bog’liq. Bu, birinchidan, bugungi kunda dunyoning barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida shakllanib ulgurgan milliy innovatsion tizimlarning tarkibiga kiruvchi institutlar va tashkilotlarning umumiyligi sifatida innovatsion taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi tashqi shart- sharoitlarni yaratish zaruriyati bilan belgilansa, ikkinchidan esa,xo’jalik yurituvchi subyektlarda butun bir innovatsion tsikl davomida g’oyalarning tug’ilishi va ularning tijoratlashuviga imkon beruvchi innovatsion salohiyat - ichki muhitning mavjudligi bilan belgilanadi. Innovatsion muhit sifatida baholanuvchi ichki muhit va tashqi shart-sharoitlarning o’zaro uyg’unligi samarali innovatsion faoliyatni amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi.
Innovatsion jarayon barcha bo’g’inlarining samarali faoliyat ko’rsatishini ta’min etuvchi zaruriy innovatsion muhitni yaratish uchun innovatsiyalarni amalga oshirishning barcha ichki va tashqi omillarini o’zaro hamohanglikda rivojlantirish talab etiladi.
Innovatsion muhit:
1.Innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirishni ta'minlaydigan ichki muhitni shakllantirish - Innovatsion salohiyat
2.Innovatsion rivojlanishga yordam beradigan tashqi muhitni shakllantirish - Milliy innovatsion tizim.


Download 321,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish