Innovatsion loyiha


Ushbu ikki xil loyiha o‘rtasida muhim farqlar mavjud



Download 26,2 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi26,2 Kb.
#752023
1   2
Bog'liq
Innovatsion loyihalar va ularning samaradorligini baholash usullari TMB Ergasheva D.

Ushbu ikki xil loyiha o‘rtasida muhim farqlar mavjud:



  1. Sanoat ob’ektlariga kapital qo‘yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborot, hattoki eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarga qaraganda, ayniqsa, ularning erta bosqichlarida, ishonchliroqdir;




  1. Innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega ekanligi bilan farq qilib, ular shunday afzallikka egaki, ular ishlanmaning erta bosqichidayoq katta bo‘lmagan moliyaviy yo‘qotishlar bilan to‘xtatib qo‘yilishi

mumkin;


  1. Ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga qaraganda ko‘proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo‘yicha fikrlarini korrelyasiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi;




  1. Innovatsiya loyihalari ko‘p mezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo‘yicha ham farqlanadi.

Bizning nazarimizda, har qanday innovatsiya loyihasi uch tomonlama, ya’ni


birinchidan, innovatsiya loyihasini tadbiq etish uchun zarur bo‘lgan turli moliyaviy resurslar narxlari bilan, ikkinchidan, jami safarbar etiladigan kapital qiymati, bozor munosabatlari talabidan kelib chiqib, tadbiq etilish vaqt birligi bilan, uchinchidan, qo‘yilgan maqsadga erishish ichki kuchi bilan cheklanadi. Bular bilan bir qatorda innovatsiya loyihalari tadbiq etilishi jarayonida ehtimoli bo‘lmish risklarni boshqarishni ham talab etadi. Har qanday investitsiya loyihalari kabi innovatsiya loyihalari to‘rt bosqichdan iborat bo‘lmish hayotiy siklga, ya’ni investitsiya oldi, investitsiya va ekspluatatsiya hamda likvidatsiya (tugallanish) bosqichlaridan iborat hayotiy sikllarga egadirlar. Innovatsiya loyihasi xususiyatlariga qarab, qayd etilgan to‘rt bosqichda investitsiyalar turli nisbatda shakllanadi va turli manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.


Innovatsiya jarayoni ma’lum bir davrni o‘z ichiga olib, yangilikni yaratishda ifodalanishi uning iqtisodiy samaradorligi bilan bog‘liqdir. CHunki innovatsiya strategiyasi ishlab chiqarish jarayonida yangi fan-texnika yutuqlarini qo‘llash asosida raqobatchi sub’ektlarga nisbatan yuqoriroq iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lishida ifodalanadi. Innovatsiya jarayoni tuzilmasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.


Innovatsiya loyihalarining turlari, ularning hayotiy sikllarining davomiyligiga qarab turlicha, ya’ni qisqa, o‘rta va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti yutuqlari qanchalik tez shiddat bilan o‘zgarsa, innovatsiya loyihalari hayotiy sikllari muddatlari ham shunchalik qisqarib boradi.


SHunday qilib, yangilik yaratuvchi ijodkorlarning g‘oyalari, ixtirolari, kashfiyotlari va h.k., ya’ni innovatsiya jarayonii asosini tashkil etuvchi novatorlarning mahsulotlari eksperimental tariqasida tekshirilib, innovatsiya loyihasi shaklida ehtimoli bo‘lmish risklar asosida amaliyotga joriy etiladi. XXI asrda asosiy e’tibor texnik va texnologik yangiliklarni joriy etilishiga, energoresurslarni tejash texnologiyalariga asoslanadi.


Innovatsiya loyihasining hayotga tadbiq etilishi, har qanday investitsiya loyihasidek texnik-iqtisodiy asoslanishi, loyiha tahlilini jahon amaliyotida qo‘llaniladigan dinamik usullari yordamida aniqlanadigan va kelajakda kutiladigan samaradorlik ko‘rsatkichlarining maqbulligi bilan aniqlanadi. Innovatsiya loyihalari har qanday investitsiya loyihasi kabi tanlov asosida amalga oshiriladi.


Biznes-rejani tuzishda asosiy masalalar sifatida quyidagilarga ajratish mumkin:

- innovatsiya loyihasini amalga oshirishda kutilayotgan moliyaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlar (sotish hajmi, mahsulot tannarxi, mahsulotdan keladigan foyda va boshqalar);





  • bankning innovatsiya mahsuloti, mahsulot bozori, raqobatchilar haqida ishlab chiqqan ma’lumoti;




  • hamkorlar bilan aloqada korxonani tanishtiruvchi, rivojlantirish maqsadlari haqidagi reklama materiallarini tayyorlash.

Innovatsiya loyihasiga tayyorlangan biznes-reja quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:





  • loyihani tashqi investorlar tomonidan moliyalashtirish imkonini olish;




  • korxonaning innovatsion siyosatini ishlab chiqarish;




  • bozor strategiyasini ishlab chiqarish; korxona rivoji uchun asosiy maqsadlarni aniqlash;




  • mos keluvchi byudjetni shakllantirish.

Biroq, klassik investitsiya loyihasi bilan innovatsiya loyihasini solishtirganda quyidagi xususiyatlar bilan farqlanadi:

- ko‘pchilik hollarda innovatsiya loyihasi unda hamkor korxonalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKIni o‘tkazuvchi yoki innovatsiyalarni tadbiq etishda ishtirok etuvchilar)ni ko‘zlagani sababli asosiy korxonaga to‘g‘ri keluvchi xarajat va natijalarni umumiy oqimdan ajratib olish muammosi vujudga keladi. Ushbu innovatsiya loyihasida qatnashuvchi innovatsiya faoliyati sub’ektlari soni ortib boradi. Innovatsiya loyihalari ko‘pincha o‘zining asosida yangi texnik echimlardan foydalanish bilan bog‘liq. Bu esa, intellektual mulk ob’ektlariga xuquqiy portfeli shakllanishida, o‘z nomoddiy aktivlar hisobiga yoki litsenzion kelishuvlar asosida olingan xuquqlar hisobiga muammo yuzaga keladi; innovatsiya loyihasi loyihaning ham texnik, ham tijoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori darajali noaniqlik bilan ajralib turadi. Bu esa, dastlabki moliyaviy iqtisodiy baholashning ishonchliligini pasayishiga olib keladi va qo‘shimcha baholash mezonlarini qo‘llash mo‘ljallanadi;





  • innovatsiya loyihasini amalga oshirishda asosiy e’tiborni ITTKI bosqichiga qaratilishi lozim. Bu bosqich natijasi asosida loyihani amalga oshirishni davom ettirish yoki to‘xtatish xaqida tezkor qaror qabul qiladi;




  • innovatsiya loyihasi yangi texnik echimlarni yaratishga nisbatan tijoriy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni olish uchun yuqori ehtimollik bilan ajralib turadi.

Innovatsiya loyihalari biznes-rejasini ishlab chiqishda uning alohida bosqichlarini ajratish muhim. CHunki har bir bosqich o‘zida davrni namoyon etib, uni amalga oshirish bo‘yicha ko‘zlangan tadbirlar jarayonida o‘tkaziladi.


Har bir bosqichning maqsadi keyingi bosqichga o‘tish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishni hisobga oluvchi texnik informatsiya yig‘ish hisoblanadi.


Innovatsiya loyihalari g‘oyalar, fikrlar va texnik echimlarning ilmiy-texnik ahamiyati darajasi bo‘yicha quyidagi tarzda tasniflanadi:





  • modernizatsion loyihalar, bunda namuna konstruksiyasi yoki asosiy texnologiya tub o‘zgarmaydi;




  • novator loyihalar, bunda yangi buyum konstruksiyasi turiga va elementlari xossalariga qarab oldingisidan jiddiy farq qiladi (yangi xossalarni qo‘shish, masalan, ushbu turdagi buyumlarda ilgari qo‘llanilmagan avtomatlashtirish vositalarini, lekin boshqa turdagi buyumlarda qo‘llanga kiritish);

  • ilgarilab boruvchi, bunda konstruksiya ilgarilab boruvchi echimlarga asoslanadi;




  • oldingi va hattoki, yangi funksiyalarni bajaradigan konstruksiyalar va texnologiyalar.

Loyihaning ahamiyat darajasi uning murakkabligi, davomiyligi, ijrochilar tarkibi, ko‘lami, natijalarni ilgari surish xususiyati bilan belgilanadi, bu loyihani boshqarish mazmuniga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.


Innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishda zamonaviy innovatsiya loyihalari, odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo‘lavermasligini


hisobga olish zarur. SHuning uchun investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal etiladigan muammodir, chunki mazkur loyihaning zarurligini, foydaliligini va samaraliligini isbotlash kerak bo‘ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish manbaini tanlash, uning hajmini, vaqt bo‘yicha to‘lovlar darajasi va hokazodir. Bu holatda investor o‘ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik berishini, va eng asosiysi, ular oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini namoyish qilish talab etiladi. Ushbu ko‘rsatkichlarning hammasini investorlarni kapital ajratishga ishontirish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirish kerak.


Innovatsiya loyihasi etarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo‘lajak investor loyiha bilan tanishganda mo‘ljallanayotgan dastur haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishi va uning maqsadlarini tushunishi lozim.


Innovatsiya loyihasini ishlab chiqish bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:


Konseptual bosqich – bu eng muhim bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda innovatsion konsepsiya (mohiyat) to‘liq shakllantiriladi, uning ta’rifi beriladi, ishlab chiqarilayotgan loyihaning iqtisodiy samarasi aniqlanadi, intellektual mulk ob’ekti portfeli shakllanadi.


Har bir innovatsiya loyihasini ishlab chiqish foydalanishga mo‘ljallangan yoki innovatsiya loyihasi amalga oshirilayotganda ishlab chiqiladigan intellectual mulk ob’ektlari portfelini shakllanishidan boshlanadi.


Innovatsiya loyihasini ishlab chiqarish intellektual faoliyat natijalariga asoslanar ekan, shuning uchun investorlarni (ishlab chiqaruvchilarni) xaridorni jalb eta oladigan, sifatli, yangi innovatsiya mahsulotini yaratish imkoniyati qiziqtiradi. Bunda intellektual faoliyat natijasi egasini va uning ilmiy texnik, texnologik, ayrim hollarda innovatsiya loyihasida foydalanilishi kerak bo‘lgan konfidensial tijoriy ma’lumot (nou-xau) o‘z ichiga oluvchi intelektual mulkka bo‘lgan huquqini aniqlash muammosi yuzaga keladi.

Innovatsiya loyihasini ishlab chiqish natijasida yaratilgan hamkorlik doirasidagi intellektual mulk huquqlarini taqsimlash muhim masala bo‘lib hisoblanadi.


Hozirgi sharoitida texnologiyalarni ma’naviy eskirish muddati qisqarmoqda, foydalanilayotgan jihozlar (uskunalar) ilm-fanga asoslanganligi va fond xajmi o‘sib bormoqda. SHuning uchun barcha rivojlangan mamlakatlarda innovatsiya faoliyati sohasida innovatsiya loyihasini ishlab chiqarishning eng boshlang‘ich ya’ni, konseptual bosqichida intellektual mulkka tegishli xuquqiy masalalarni tartibga solish maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Ikkinchi bosqichda texnikaning munosib darajasi doirasida berilgan konsepsiyaga asoslangan innovatsiya mahsulotini ishlab chiqarish imkoniyati isbotlanadi. Ushbu bosqichdan o‘tish natijasida stend modellari yoki maketlar yaratilinadi. Ishlab chiqish bosqichida innovatsiya mahsuloti sanoat ishlab chiqarishga yaroqliligi tekshiruvi amalga oshiriladi.


To‘rtinchi bosqich – sanoatda qo‘llanilishini aniqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida tajriba namunasi yoki texnologik jarayon yaratiladi. To‘la masshtabli ishlab chiqarish bosqichi bu innovatsiya mahsulotini sanoat ishlab chiqarishga tadbiq etish jarayonidir. Uning natijasi sotishga tayyor mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, sifatni yaxshilash va mahsulotni ishonchliligi, uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish jarayonida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.


Jahon amaliyotida innovatsion loyihalarini baholashning bir nechta standartlashgan tamoyillari mavjud.


Avvalo, loyihani oldindan tekshirish o‘tkaziladi, uning davomida loyiha maqsadi va korxonaning joriy va istiqboldagi faoliyatiga mosligi aniqlanadi. Oldindan tekshirish paytida loyiha bilan bog‘liq xatarlar, yaratilayotgan loyiha, imkoniyatlarni amalga oshirish uchun zarur tajribani korxonada mavjudligi aniqlanadi. Huddi shu davrda innovatsion loyihani baholash uchun ishlatiladigan me’zonlar aniqlanadi. Keyin innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi baholanadi. Odatda, baholash 3 bosqichda olib boriladi:

  1. Yillar bo‘yicha boshlang‘ich ko‘rsatkichlar hisoblanadi (realizatsiya qilish hajmi, joriy xarajatlar, eskirish, taklif qilinayotgan innovatsiyalardan keladigan sof pul tushumlari va sof foyda hajmi).




  1. Analitik koeffitsientlarni hisoblash (innovatsiyalarni sof joriy qiymatini hisoblash, innovatsiyalar rentabelligi o‘z-o‘zini qoplash muddati va innovatsion loyiha samaradorligi koeffitsienti).




  1. Koeffitsientlar tahlili (bu korxonada qabul qilingan me’zonlar asosida loyiha yoki qabul qilinadi, yoki undan voz kechiladi, tadbirkor o‘zining fikricha eng muhim bo‘lgan bir yoki bir nacha me’zonlarga qarab ish ko‘rish mumkin, yoki

qo‘shimcha omillarni hisobga olish mumkin).


Innovatsion loyiha qabul qilingan holda uning realizatsiyasi bo‘yicha konkret choralar ko‘riladi. Har xil innovatsion loyihalarni solishtirish va ulardan eng afzalini tanlash uchun ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkichlar – bu kutilayotgan integral samarasi ko‘rsatkichidir (xalq xo‘jaligi darajasida iqtisodiy, alohida tashkilot darajasida tijorat). Xuddi shu ko‘rsatkichlar rezervlash va sug‘urtalash shakli va ratsional hajmlarini asoslash uchun ham ishlatiladi.


Agar loyihani amalga oshirish har xil sharoitlarda ehtimoli aniq ma’lum bo‘lsa, kutilayotgan integral samara matematik kutilish formulasi bo‘yicha hisoblanadi.


Eoj=Zi*Pi


Bu erda,

Eoj–loyihaning kutilayotgan integral samarasi;

Zi–realizatsiyaning 1-sharoiti bo‘yicha integral samara;


Pi–bu loyihani amalga oshirish ehtimoli.

Umumiy holda kutilayotgan integral samara hisobini quyidagi formula bo‘yicha o‘tkazish tavsiya etiladi:


Eoj=h*Emax+(1–h)*Emin
bu erda, Emax va Emin – ijozati ehtimolli taqsimlash bo‘yicha integral samarani matematik kutilishini eng katta va eng kichik; h – xo‘jalik subektini noaniqlik sharoitida afzal ko‘rishlari tizimlarini aks ettiruvchi, samarani noaniqligini hisobga olish uchun maxsus normativ; kutilayotgan integral iqtisodiy samara topilganda uni 0,3 24 darajasini olish tavsiya etiladi.

Diskontlangan daromadlardan umumiy yig‘ilgan xatoligi va boshlang‘ich investitsiyalar orasidagi farq sof joriy qiymatni tashkil etadi (sof keltirilgan samara):


Investitsiyalarning Diskontlangan Doimiy sof joriy = daromadlardan + daromadlar qiymati umumiy kattaligi hajmi (kattali)


Aniqki, agar sof joriy qiymat musbat bo‘lsa, unda investitsion loyihani qabul qilish zarur, manfiy bo‘lsa undan voz kechish lozim. Agar sof joriy qiymat 0 ga teng bo‘lsa, loyihani foydali yoki zararli deb aytib bo‘lmaydi. U holda solishtirishning boshqa usullarini ishlatish zarur. Bir nechta alternativ loyihalarga o‘rin beriladi.


Keltirilgan formulalar yordamida qo‘lda hisoblash ko‘p mehnat talab etadi, shuning uchun diskontlangan baholarga asoslangan bu va boshqa usullarni qo‘llash qulayligi uchun vaqt intervali va diskontlash koeffitsienti miqdoriga bog‘liq ravishda murakkab protsentlar, diskontlash ko‘paytuvchilari, pul birligini diskontlangan miqdori va hokazolar keltirilgan maxsus statistik jadvallaridan foydalaniladi.


Investitsiyalar rentabelligi. Sof joriy qiymat usulini qo‘llash, uning hisoblanishi qiyin bo‘lishiga qaramasdan o‘z-o‘zini qoplash davri va investitsiyalarining samaradorligini baholash usulini qo‘llashga afzalroqdir, chunki pul tushumlarni vaqtinchalik aspektlarini hisobga oladi. Bu usulni qo‘llash nafaqat absolyut ko‘rsatkichlarini (sof joriy qiymatni), balki solishtirma ko‘rsatkichlarini hisoblash va solishtirishga imkon beradi. Ularga investitsiyalar rentabelligi kiradi. Investitsiyalar rentabelligi diskontlangan daromadlarning umumiy yig‘ilgan kattaligi – investitsiyalar kattaligi.




Aniqki, agar rentabellik 1 dan katta bo‘lsa loyihani qabul qilish lozim, 1 dan kichik bo‘lsa voz kechish lozim. Sof joriy qiymati kattaligi bir xil bo‘lgan alternativ loyihalar qatoridan birini tanlashda yoki investitsiyalar protfelini komplektlashda, ya’ni maksimal sof joriy qiymat beradigan pul vositalarini bir vaqtdagi investitsiyalashni bir necha variantdan tanlashda investitsiyalar rentabelligi nisbiy ko‘rsatkich sifatida juda ham qulaydir.
Download 26,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish