Mahsulot ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarishdagi alohida turdagi mahsulotga belgilanadigan natural va qiymat ifodasidagi topshiriq bo’lib, kelajakda mahsulot sifatini oshirishni ko’zda tutadi. Mahsulot hajmini aniqlash uchun tovar mahsulotni qiymati va uni sotish ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Fan va texnikani rivojlantirish rejasi - uning bosh ahamiyati - ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashtirish, shu sababli, ushbu tadbirga ilmiy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarishda mahsulotning yangi turini ko’paytirish, progressiv texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish kiritiladi. Fan va texnikani rivojlantirish ko’rsatkichlari mamlakatda birinchi ishlab chiqariladigan mahsulotni yo’lga qo’yishda, mexanizatsiya darajasi va mehnatni avtomatlashtirish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishga ajratish, rejali davr uchun, ishlab chiqarishni texnik darajasini oshirish tadbiri bo’yicha nisbiy ishchilar sonini kamayishi, mehnat unumdorligini ortishi va tovar mahsuloti tannarxini kamayishi, shuningdek soha korxonalari ishlab chiqarish uchun uslubiy bo’lgan ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, jihozlardan foydalanish, ishlab chiqarishdagi material sig’imi, mehnat unumdorligi natural ko’rinishi va boshqalar hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejasi - unda umumlashgan ko’rsatkichlar, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish, jonli mehnat iqtisodiy samaradorligini oshirishni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari - asosiy fondlar, aylanma vositalar, kapital qo’yilma, material resurslar beriladi. SHu ko’rsatkichlar sonidan sof va tovar mahsuloti ishlab chiqarishni o’sish surhati, umumiy rentabellik, bir so’mlik tovar mahsulotiga xarajatlar, mehnat unumdorligini o’sishi va aylanma vositalari aylanish sonini o’sishi bilan ifodalanadi.
Kapital qo’yilishi va kapital qo’yilma rejasi - yangi qurilish, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va rekonstruktsiya qilish, ishlab turgan yirik Sexlarni qurish va kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, jihozlarni modernizatsiya qilish, eski jihozlarni unumdorligi katta bo’lgan ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashgan yangisiga almashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Material texnik ta’minot rejasi - bu material hisoblar tizimi, ishlab chiqarishga aloqador va zarur turdagi soha mahsulotini iste’mol qilish, ular rejasini amalga oshirishni ko’rsatadi. Material texnik ta’minot rejasi, xomashyo, material, yonilg’i, energiyani solishtirma sarfini kamayishini hisobga olgan holda ishlab chiqish ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |