Mehnat va xodimlar rejasini - ishlashda asliy vazifa tizimidagi (mehnat unumdorligi) ko’tarilishni, ishlab chiqarish hajmi ko’payishini asosiy sharti va uning samaradorligini ko’tarilishini ko’zda tutishni asosiy shart deb qaraladi. Mehnat unumdarligini oshirish, yillik unumdorlikni me’yoriy qiyosiy narxlardagi tovar mahsulotini ro’yxatdagi soha -- ishlab chiqarish xodimini bir ishchisi uchun hisoblanadi. Bu bo’limda boshqa asosiy ko’rsatkich oylik ish haqi fondi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari (izderjki) va sotish rejasi - bu bo’limni ishlashda doim vazifa qilib ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, ko’proq material, mehnat va moliyaviy resurslardan unumli foydalanish qo’yiladi. Bevosita tannarxni rejalashtirishdan maqsad - ishlab chiqarishda iqtisodiy asoslangan o’lchamdagi xarajatlar rejada ko’zda tutilgan mahsulotni tayyorlash uchun kerak bo’lgan, ishlab chiqarishni aniqlovchi o’lchamidagi xarajati, foydani rejalashni vazifasi ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo’yicha olinadigan daromad o’lchami hisoblanadi.
Moliyaviy rejani asosiy ko’rsatkichlari - shaxsiy aylanma vositalarga talabni hisoblash va ular aylanishini tezlashtirish topshirig’i, korxonalarni o’zaro davlat byudjeti bilan ta’siri, asosiy ishlab chiqarish fondlarini, foyda topshirig’ini bunyod qilish va foydalanish belgilanadi. Moliyaviy rejaning asosiy qismi kredit rejasi hisoblanadi.
Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejasida, korxona birlashma jamoalari uchun ko’proq muhim bo’lgan tadbirlar yechimi, alohida hududdagi ijtimoiy vazifalarni rivojlantirish, mehnat dam olish va maishiy sharoitni yaxshilashni ko’zda tutadi.
Tabiatni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan unumli foydalanish rejasida quyidagi yo’nalishlar - suv resurslaridan samarali foydalanish va himoya qilish, havo basseynini himoya qilish, yerdan samarali foydalanish va himoya qilish, mineral resurslardan samarali foydalanish va himoya qilishni ichiga oladi.
Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishning noaniqligi, korxona iqtisodiyoti rivojlanishining mos keluvchi yo’nalishlarini ishlab chiqish zaruriyatini belgilab beradi. Bu vazifa amalda rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga oshiriladi.
Basharot – bu, korxona, ob’ekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi.
Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning ob’ektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo’nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni aniqlashlarni kiritish mumkin.
Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro’y berayotgan o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |