2.1.1-rasm. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlari.
Korxonaning tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini, ularning ko’lami va qamrovini aniqlovchi omil sifatida korxonaning inson kapitali (intellektual, ta‘lim saviyasi va kadrlar malakasi) maydonga chiqadi, ish o’rinlarining texnik jihozlanganligi, ishlab chiqarish fondlari va eksperimental baza holati, innovatsion jarayonlarni moliyalashtirish – bular barchasi korxonaning asosiy resurslaridan hisoblanadi.
Bir qator bajarilgan ilmiy ish natijalarida turli olimlar tomonidan innovatsion salohiyat tushunchasi korxona, soha, mintaqa va davlat tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan resurslarning umumlashgan xususiyatlarini qayd etish maqsadida qo’llaniladi. Turli olimlar tomonidan ―innovatsion salohiyat‖ tushunchasiga turlicha ta‘riflar berilgan (2.1.1-jadval).
V.P. Baranchieva va V.N.Guninaning ilmiy ishlarida innovatsion salohiyat – korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o’zgarishlar dasturini amalga oshirish bo’yicha tayyorgarligi o’lchovi deb talqin etiladi.
2.1.1-jadval
“Innovatsion salohiyat” tushunchasiga berilgan ta‟riflar
Mualliflar
|
Ta‟rif
|
Abramishin A.Y Voronina T.P Molchanova O.P
Tixonova Y.A SHlenov YU.V
|
Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnik va boshqa resurslar yig’indisi
|
Kovalyov G.D
|
Ishlab chiqarishda yangiliklar yaratishga yo’naltirilgan yangi va takomillashgan mahsulotlarni olish texnologiyalarini joriy qilishga zarur bo’lgan o’z ichiga intellektual, moddiy va moliyaviy resurslarni qamrab
olgan innovatsion resurslar majmui
|
Sarev V.V
Kanorovich A.A CHernish V.V
|
Korxona oldida turgan ilmiy-texnik rivojlanish muammolarini hal
qilishga mo’ljallangan kadrlar, moddiy- texnik va axborot resurslarining yig’indisi
|
Mazen A.
|
Korxonaning innovatsion faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini
ifodalovchi ko’rsatkich
|
Lisin B.K Fridlyanov V.N
|
Innovatsiyalarni joriy qilish va yangiliklarni kiritishni ta‘minlash
bo’yicha ilmiy-texnik, texnologik, infratuzilmaviy, moliyaviy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa imkoniyatlardir
|
Gunin V.N Baranchiev V.P Fatxuddinov R.A Gorfinkel V.YA CHernishev B.N
Porshnev A.G
|
Korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion loyiha yoki innovatsion o’zgarishlar dasturini amalga oshirish bo’yicha tayyorgarligi o’lchovi
|
Boven A.A.
CHerednikova L.Y YAkimovich V.YA
|
Korxonani ham o’zining (ITTKI bo’limlarida o’z kuchi bilan yaratilgan)
ham birovning (patent, litsenziya, nau-xau ko’rinishida sotib olingan) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik darajasi
|
Jids G.I
|
Nafaqat yangiliklarni yaratish, balki ularni samarali qo’llash bo’yicha
ijtimoiy ishlab chiqarishning tayyorgarlik darajasi
|
SHlyaxto I.V
|
Nafaqat yangiliklarni yaratish imkoniyati, balki ularni izchillik bilan
jahon andozalar darajasida samarali qo’llashga tayyorgarlik imkoniyati
|
Bazilevich A.I
|
Ishlab chiqarish, boshqaruv, marketing, moliyaviy va boshqa faoliyat
sohalarida innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish qobiliyati
|
Kochetkov S.V
|
Amalda mavjud resurslar doirasida qo’yilgan innovatsion maqsadlarga
erishish qobiliyati
|
YUldoshev N.K.
Mirsaidova SH.A Goldman Y.D
|
Innovatsion salohiyat – o’z ichiga innovatsion faoliyatni amalga oshirish
uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy, aqliy, axborot, ilmiy-texnik resurslarni oluvchi turli xildagi majmuadir
|
Zaynutdinov SH.N.
|
Innovatsionsalohiyatmamlakatningtexnikavatexnologiyasiyangilanishi, undailmiytexnikarivojlanishidarajasini,
diversifikatsiyasiyosatiningkuchayishinianglatadi
|
Bizning fikrimizcha, innovatsion salohiyat – sub‘ektning qaysi tarmoq, sohada faoliyat ko’rsatishidan, mulkchilik shaklidan, tashkiliy huquqiy maqomida qat‘iy nazar istalgan bir xo’jalik yurituvchi
sub‘ektning yangi ishlanmalarini ishlab chiqish, kashfiyotlar yoki ixtirolarni, foydali modellarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish bo’yicha mavjud barcha intellektual kadrlar, axborot, moddiy-texnik va boshqa resurslari yig’indisidan iborat bo’ladi (2.1.2-jadval).
2.1.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |