Innovatsion G’oyalar haqida ma’lumot



Download 58,61 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi58,61 Kb.
#215087
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Innovatsion G’oyalar haqida ma’lumot


Innovatsion G’oyalar haqida ma’lumot

O‘zbekiston Prezidentining «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq davlat-xususiy sheriklik shartlarida Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Markazlar o‘z faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va tashkil etilgan paytdan boshlab besh yil muddatga barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Farmon bilan markazlarning asosiy vazifalari belgilandi. Xususan markazlar innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiradi.

Markazlarni tashkil etishda quyidagilar davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari hisoblanadi:

— markazlarni tashkil etish va ularga tegishli infratuzilmani qurish uchun zarur yer uchastkalari, bo‘sh binolar xususiy sheriklarga haq undirilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida ajratiladi;

— markaz binolarini qurish uchun yer uchastkalarini tanlash belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

— davlat va xususiy sheriklar tenglik asosida markazlarning ta’sischilari sifatida ishtirok etadi;

— davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv markazlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab yigirma yil muddatgacha tuziladi;

— markazlar faoliyatining yo‘nalishi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv amal qilishining butun muddati davomida saqlanib qoladi;

— markazlarning intellektual mulk ob’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga qilingan xarajatlarini qoplash Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

— davlat sherigi iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni davlat xaridlari doirasida tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish majburiyatini oladi.

Innovatsiya” tushunchasi (ingl. Innovation-kiritilingan yangilik, ixtiro) yangilikka investitsiya kiritish ma’nosida ishlatiladi. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko’rib chiqqan va innovatsion jarayonga to’liq ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko’pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo’lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar

A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir.

R.Fatxutdinovning fikriga ko’ra, innovatsiya yangilikni tadbiq etishning yakuniy natijasi bo’lib, ob’ekt boshqaruvini o’zgartirish ijtimoiy, iqtisodiy,ilmiy, texnikaviy, ekologik va boshqa ko’rinishdagi samaradorlikdir.2

Yuqoridagi ta’riflardan xulosa qilib, innovatsiya – bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg’or ilm-fan yutuqlarini joriy etish yo’li bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatini oshirishdir.

Innovatsiya har bir sohada bo’lishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir yo’nalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko’rsatishda yangi usullarni kiritish va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar sohalarida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni qo’llashni bildirishi mumkin.

Innovatsion faoliyat qaysi sohada bo’lmasin, kashfiyotlar, e’lon qilingan yangiliklar, texnika va texnologiya yutuqlari va texnologik jarayonlarni yangilash, mahsulot bilan ta’minlash va boshqa yo’nalishlardagi barcha yangiliklarni tizimli ravishda uzluksiz joriy etib borishni ta’minlash jarayonidir.

Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko’rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo’llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo’llash asosida mablag’ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo’lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo’lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi.

Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo’llash asosida tashkil etishni, xizmat ko’rsatish sohasida yangi, avval qo’llanilmagan xizmat turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o’rnini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qo’llashga kiritilishini, yangi ilg’or texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llanilishini, ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi.

Innovatsiya an’anaviy va yangi ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoq sohalarida iqtisodiy o’sishni va raqobatbardoshlikni doimiy ravishda ta’minlovchi zaruriy vosita sifatida namoyon bo’ladi.

Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari


  1. Ilmiy-texnik yangilik;

  2. Amaliy qo’llanilishi;

  3. Tijoriy amalga oshirilishi, ya’ni bozorda ma’lum darajada iste’molchilar talabini qondira olishi.

Umuman olganda, innovatsion jarayon - bu yangilik g’oyadan to mahsulotgacha shakllanishi va bozorga tarqalishidir.

Innovatsion jarayon bosqichlari:


Download 58,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish