Innovatsion faoliyatni samarali moliyalashtirish yo’llari



Download 116 Kb.
bet6/7
Sana13.07.2022
Hajmi116 Kb.
#792465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INNOVATSION FAOLIYATNI SAMARALI MOLIYALASHTIRISH YO’LLARI

Venchurli moliyalashtirish – bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunday venchur kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori daromadli loyihalarni realizatsiyasi bo’yicha hamkorlik qiladilar. Venchurli moliyalashtirishning ob’ekti bo’lib sinalmagan g’oya – venchur loyiha hisoblanadi. Shuningdek, “venchur” termini yangi texnologiyani barpo etish bilan bog’liq loyihalarni joriy etish faoliyati sifatida ham talqin etiladi.
Venchur loyihalarini moliyalashtirishning asosiy afzalligi o’rtacha daromadlilik darajasining yuqoriligi bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha ko’riladigan daromaddan 2-3 barobar ko’p miqdorni tashkil etadi.
Venchur loyihasini amalga oshirishda kamida uchta bosqichda kapitalga ehtiyoj seziladi:

  1. dastlabki bosqich – tashkiliy ishlar va korxonani tashkil etish tadbirlari, marketing izlanishlari, loyiha qidiruv va ilmiy tekshirsh ishlari kabi loyiha oldi tadbirlari uchun;

  2. o’rta bosqich – rivojlanish bosqichi bo’lib, mahsulot namunalarini ishlab chiqishdan normal ishlab chiqarish va iste’mol faoliyatiga o’tish uchun;

  3. oxirgi bosqich – muvaffaqiyatni mustahkamlash bosqichi bo’lib, korxona aktsiyalarini birjada erkin muomala uchun emissiya qilinishi ro’y beradi va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini mustahkamlash uchun mablag’ talab qilinadi.

Venchur fondi o’z kapitalini turli rivojlanish darajasidagi korxonalarga joylashtirishdan manfaatdor va kapital diversifikatsiyasi tarafdoridir. Venchur kompaniyada fondni nazorat qilish uchun moliyaviy menejr lavozimiga ishonilgan shaxs saylanadi. Venchur kompaniya fondga egalik qilmaydi, faqat boshqaradi.
Investitsiya risklari o’zlarining aniqligi, noaniqligi, miqdor jihatdan hisob-kitob qilinishi, sifat jixatidan aniqlanishi hamda turli usullar bilan o’lchanishi bilan tavsiflanadilar. Risklarni aniqlashda hisoblashdan, o’lchashdan, miqdorligini belgilashdan maqsad ularni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishdir. Investitsiya risklarini boshqarish maqsadida ularni ta’sirini kamaytirish, oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va qo’llaniladi.
Venchurli investitsiyalar, o’zlarining risklarini oldini olish yoki pasaytirish imkoniyatlari ehtimoli yuqori emasligi bilan farqlanadi. Jahon tajribasi tasdiqlashicha, venchurli moliyalashtirish iqtisodiyotni texnik jihatdan progressiv tarmoqlariga taalluqlidir. Riskli moliyalashtirishga mansub bo’lgan mablag’lar ixtisoslashgan institutlar tomonidan jamlanadi va o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan hamda tezda qoplanadigan loyihalarga qaratiladi. Odatda bunday investitsiyalar katta bo’lmagan, ishlab chiqarishni printsipial yangi turlarini o’zlashtirilishi hisobiga foyda normasi o’rtachadan yuqori darajada ta’minlanishi kutilayotgan sohadagi firmaga beriladi. Bunda, odatda kapital qo’yilmalar firma mijozini aktsiyalarini bir qismini xarid qilish yo’li bilan amalga oshiriladi, yoki ssuda berish yo’li orqali, shu jumladan firma-mijoz konversiya huquqi bilan beriladi. Risk yuqori bo’lgan kapital qo’lga kirituvchi firma rahbarligi o’zining hatti-harakati ancha erkinligi bilan tavsiflanadilar.
Venchur kapital xususiy biznesni moliyalashni muqobil usuli sifatida XX asr 50 yillari o’rtalarida AQShda vujudga keldi, 70 yillarning oxirlarida esa Evropada paydo bo’ldi. Venchurli moliyalashtirish kelib chiqishiga qadar, jahonda kichik va o’rta biznesni moliyalashtirishning quyidagi manbalari ma’lum edi:

  • bank kapitali, yirik korporatsiyalar, kompaniyalar, badavlat shaxslar. Amerikaliklar va inglizlar ularni “biznes angellari” deb atashar edi. O’z ishini boshlovchi tadbirkor “gard kam” tamoyiliga tayangan holda faoliyatini yo’lga qo’yar edi. Biznesni boshlab yuborish uchun mablag’ni o’z qarindosh urug’laridan, do’stlaridan, tanish bilishlaridan qarzga olib, yoki mulk va uy joyini garovga qo’yib, faqat yutuqqa tayangan holda, o’z kuchiga ishonch hosil qilib faoliyatga qo’l uradi.

Venchur kapitali paydo bo’lishiga qadar Evropada xususiy tadbirkorlar aktsioner kapitalining moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmaganlar. Faqat 80 yillarning o’rtalariga kelib evropalik mablag’ tikuvchilar ularga an’anaviy bo’lib qolgan, oldindan miqdori aniq bo’lgan aktivlarga mablag’ safarbar etmasdan, aktsiyalarga investitsiyalash imkoniyatlari bilan qiziqa boshlashgan.
Venchurli investitsiyalarni moliyalashtirishni ko’pgina tushunchalari ma’lum, lekin ularning barchasini ma’nosi shunga borib taqaladiki, qanday qilib u o’z funktsional vazifasini bajaradi. Ustav kapitali hammasini qo’lga kiritish yoki aktsiyalar paketinining bir qismini xarid qilish yo’li bilan aniq biznesni o’sishiga pul mablag’larini tikishi venchurli investitsiyalarni moliyalashtirish mohiyatidan dalolat beradi. Bunda kapital tikuvchining ma’lumoti cheklanadi va kapital kirituvchi faqat investitsiya manbasini ta’minlovchisi hisoblanadi.
Venchurlik investitsiyalarni moliyalashtirish tushunchasi “venchur kapitali”, “venchur biznesi” tushunchalari bilan bevosita aloqadordir. Odatda ishlab chiqarish, texnologik, axborot va tashkiliy xarakterga ega bo’lgan yangi ishlanmalarni joriy etish bilan bog’liq bo’lgan mualliflar faoliyati venchurli investitsiya munosabatlarini tashkil etadi.
Venchurli moliyalashtirish mexanizmini kelib chiqishi kelajagi bor g’oyalar, yangi fan sig’imi yuqori bo’lgan ishlanmalarni tadbiq etish loyihalari bilan bog’lanadi.
Tadbirkor o’z faoliyatini yo’lga qo’yish uchun g’oyaga, ya’ni kelajagi bor loyihaga, moliyaviy mablag’ga ega bo’lishi kerak. Moliyaviy mablag’ga ega bo’lgan taqdirda ham, tadbirkor o’z g’oyasining naqadar amalga oshishini tasavvur qila olishi kerak, uning oqibatlari qanday bo’lishini, ishonchliligini bilishi zarur. Fan va texnika yutuqlari natijalari yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishi bilan bog’liq g’oyalar va loyihalar yuqori darajali risklar bilan bog’liq bo’ladi. Bunday risklar jumlasiga texnologik risklar, yangi texnologiya va yangi mahsulotlarni ishlatish oqibatlari bilan bog’liq iqtisodiy risklar, tadbirkorlikni takroriy risklari kiradi. Venchur biznesida qanchalik risklar darajasi yuqori bo’lsa, shunchalik “venchur kapitali” qiymati yuqori bo’ladi.
Fan-texnika taraqqiyotining intensivligi qanchalik yuqori bo’lsa, uning oqibatlarini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan voz kechilsa, shunchalik iqtisodiyot va jamiyat moliyaviy jihatdan zarar ko’radi. Buning sababi raqobatbardoshlik yo’qotiladi, ishlab chiqarish qisqaradi, fuqarolar byudjet daromadlari kamayadi, ishsizlik o’sadi va boshqa salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham mantiqan tashkiliy-boshqaruv qarorlar shunga qaratiladiki, yuqori riskli loyihalarni amalga oshirish orqali ko’zlangan maqsadlarga erishishi uchun venchurli moliyalashtirish mexanizmlarini ishga solish.
“Venchur kapitali” venchur strukturalarida ya’ni venchur fondlari, korporatsiyalari orqali tashkil etiladi. Venchurli moliyalashtirish mexanizmli tadbirkorlik, innovatsion tuzulmalarini moliyalashtirishda qo’l keladi. O’zbekiston iqtisodiyotida ilmiy-izlanish ishlanmalari “nou-xau”larni, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish “venchur kapitali” “venchur tuzilmalari”, ya’ni venchur foydalari, korporatsiyalari, assotsiatsiyalarining venchurli moliyalashtirish mexanizmi orqali amalga oshirilishi iqtisodiyotimizni texnik, texnologik jihatdan muntazam yangilanib borishini ta’minlab turadi.


Xulosa.
Yuqorida ta'kidlanganidek, bank krediti tijorat krediti chegarasidan chiqib ketadi, chunki u yo’nalish, muddat va kredit summasi bilan chegaralanmagan.
Tijorat krediti faqatgina tovar aylanmasiga xizmat ko’rsatsa, bank krediti - aholi barcha qatlamlarining pul daromadlari va jamg`armalarini kapitalga aylantirgan holda, kapital jamg`arishda ham ishtirok etadi. Bank va tijorat kreditlarining dinamikasi ham turlicha.
Tijorat kreditining hajmi ishlab chiqarish va tovar aylanmasining o’sishiga to’g`ri proporsional tarzda bog`liqdir. Sanoat o’sishi ro’y bergan davrda tijorat kreditiga bo’lgan talab va taklif ham oshib boradi, va aksincha. Inqiroz davrida tovar ishlab chiqarish va sotish hajmi keskin pasayadi, qarzlarni to’lash uchun esa bank kreditiga bo’lgan talab oshib boradi.
Iqtisodiy o’sish ro’y berayotganda ham bank kreditiga bo’lgan talab o’sishini ta'kidlashimiz mumkin. Shunday qilib bank kreditining ikkilangan xarakteriga guvoh bo’lamiz, undan bir tomondan mavjud kapitalni o’stirish uchun, ikkinchi tomondan - qarzlarni qoplash uchun foydalaniladi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan, kapital aylanmasini yanada tezlashtiruvchi va, kreditga yangi funksiyalarni bergan holda, uning ahamiyatini yanada oshiruvchi kreditning yangi shakllari paydo bo’lmoqda.
Bunday shakllardan biri sifatida iste'mol krediti xizmat qiladi. Iste'mol krediti tijorat (to’lovni kechiktirish imkonini bergan holda tovar sotish) va bank (iste'mol maqsadlariga ssudalar berish) krediti shaklida bo’lishi mumkin. Iste'mol kreditining ob'ekti sifatida odatda uzoq muddat iste'mol qilinadigan tovarlar (mebel, traktorlar, muzlatgichlar, avtomobillar va h.) va turli xil xizmatlar e'tirof etilishi mumkin.
Bunda banklar do’konlar tomoniga sotilgan tovar narxini to’liq to’laydilar, iste'molchi esa bank ssudasini ma'lum muddat ichida qoplash majburiyatini oladi. Shuni ham ta'kidlash joizki, rivojlangan davlatlarda, iste'mol krediti aholi turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib qolgan. So’nggi vaqtda lizing katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Lizing - ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan mashina, uskuna, qurilma va inshootlarning uzoq muddatli ijarasidir. Lizing bo’yicha qarz bir necha yil davomida ketma-ket to’lanib boriladi.
Lizing o’z ustunliklariga ega bo’lib, ularning asosiysi qimmat uskunani xarid qilish uchun katta mablag`ga ega bo’lish shart emas. Ushbu bosqichdagi barcha xarajatlarni lizing kompaniyasi qoplaydi. Lizingni tor ma'nodagi bank operatsiyasi deb aytib bo’lmaydi. U moliyalashtirishning bank shakliga juda yaqin bo’lib, savdo-sanoat korxonalari tomonidan qo’shimcha operatsiya sifatida amalga oshirilishi mumkin. Ammo, birinchi navbatda, lizing bilan maxsus tuzilgan lizing kompaniyalari shug`ullanadi.
Ob'ektni foydalanish uch Davlat krediti sohasida markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlari, odatda, byudjet defitsitini qoplash uchun pul mablag`larini jalb qilgan holda, qarz oluvchi rolini o’ynaydilar. Pul mablag`larini jalb qilishning asosiy shakli sifatida davlat obligatsiyalari va boshqa turdagi qimmatli qog`ozlarini chiqarish xizmat qiladi. Obligatsiyani sotib olgan, bo’sh pul mablag`iga ega shaxslar, davlat kreditorlari bo’lib sanaladilar.
Bank kreditidan farqli ravishda, kreditor bo’lib faqatgina banklar emas, balki sug`urta kompaniyalari, korxonalar va hattoki xususiy shaxslar ham bo’lishi mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, rivojlangan mamlakatlardagi sug`urta kompaniyalari operatsiyalarining yarmini, qimmatli qog`ozlarni sotib olish tashkil etadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, davlat krediti xususiydan pul mablag`larini taqdim etish shakli va shartnoma ishtirokchilari bilan farq qiladi.
Qaytarish, muddatlilik va foizlarni to’lash shartlarida valyuta va tovar resurslarini taqdim etish bilan bog`liq bo’lgan, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi kapital harakati, xalqaro kredit deb aytiladi. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida banklar, korxonalar, davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar xizmat qilishi mumkin.

Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish